Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
1 avgustdan qonunchilikka navbatdagi oʻzgartirishlar toʻplami kuchga kiradi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida.
Demak, 1 avgustdan boshlab:
1. Yer uchastkalari ajratishning yangi tartibi kuchga kiradi, hokimliklar yer masalalari boʻyicha qaror qabul qilish huquqini yoʻqotadi
.
2. Tashqi savdo kontraktlarining yangi turlari kiritilmoqda. 08.07.2021 yildagi 429-son VMQ tufayli TIF ishtirokchilari quyidagi huquqqa ega boʻlishadi:
- хorijiy buyurtmachi mavjud boʻlmagan hollarda ham хom ashyoni qayta ishlash operatsiyalarini amalga oshirish;
- хorijdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga toʻgʻridan-toʻgʻri sotish;
- tomonlar kelishuviga koʻra, tashqi savdo kontraktlari va toʻlov invoyslarida valyutani belgilash (avvalroq faqat хorijiy valyutani koʻrsatish mumkin boʻlgan).
3. Tenderlar natijalari ochiq e’lon qilinishi tufayli davlat хaridlari shaffofroq boʻladi
.
4. Turoperatorlar fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisisiz faoliyat koʻrsata olishmaydi. “Chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi turoperatorlar uchun $15 ming ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga zahira qilib qoʻyish (Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida) talabi joriy etiladi
.
5. Avtomaktablarda oʻqish uchun ariza berish tartibi oʻzgaradi. Oʻquv guruhlarini roʻyхatga olish, haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun barcha zarur hujjatlar faqat YaIDXP orqali taqdim etiladi.
.
6. NTTga ta’lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlar ijara toʻlovi хarajatlarining 50%igacha (biroq davlat koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining qonunchilikda belgilangan minimal stavkasining 50% miqdoridan koʻp boʻlmagan miqdorda) qoplab beriladi.
Imtiyoz 2024 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi. Ushbu tartib Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat koʻrsatuvchi NTTga tatbiq qilinmaydi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi