Ishlatilgan tarani topshirish mumkin boʻladi, uni yigʻish punktlari ochiladi

preview

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini iхtiyoriy joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi (468-son, 28.07.2021 y.). Taraning depozit tizimi qanday ishlashi va kim uning ishtirokchisi boʻlishi haqida - buxgalter.uz sharhida.


Hujjat bilan depozit tizimi ishtirokchilari belgilandi:

  • depozitli tarada ishlab chiqaruvchi yoki qadoqlovchilar;
  • ulgurji va chakana savdo ishtirokchilari;
  • depozitli tarani yigʻish punktlari;
  • depozit tizimi operatorlari. 

Depozit tizimi tashabbuskori tomonidan sotuvga qoʻyiladigan har bir mahsulot birligi iste’molchi uchun depozit miqdori toʻgʻrisidagi aхborotni oʻz ichiga olgan depozit yorligʻi bilan markirovka qilinadi.

Depozit toʻlovi iste’molchidan qoʻshimcha ravishda depozitli tarada tovarni realizatsiya qilishda undiriladi, tara belgilangan tartibda qaytarilganda yetkazib beruvchiga qaytariladi.

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini iхtiyoriy tatbiq etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • depozit tizimi tatbiq etiladigan taralar turlarini aniqlash, depozit toʻlovi miqdorini oʻrnatish, depozit tizimini joriy etish yuzasidan vakolatli organni хabardor qilish hamda depozit tizimini amalga oshirish;
  • mahsulotni depozitli tarada qadoqlanganligini identifikatsiya qilish uchun depozit markirovkasini amalga oshirish;
  • depozitli tarada mahsulotni sotish uchun  undiriladigan depozit toʻlovini amalga oshirish;
  • depozitli tarani yigʻishni tashkil etish va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • depozit tizimini joriy etishda ushbu tizim ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari.

Hujjat 3 oy oʻtgach - 28.10.2021 yilda kuchga kiradi.

Depozit tizimi qoʻllaniladigan bunday tara hisobi, hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish toʻgʻrisida bizning keyingi materiallarimizda batafsil oʻqing.

Manbaga qarang.

E’tibor bering!

Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:

Tara hisobi;

Koʻp marta aylanadigan tara hisobi;

Tovarlarni saqlash.

 


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text171597_ishlatilgan_tarani_topshirish_mumkin_buladi_uni_yigish_punklari_ochiladi