9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Sizning kontragentlaringiz orasida Davlat reyestridan chiqariladigan tashkilotlar mavjudligini tekshiring
Davlat xizmatlari agentligining rasmiy saytida davlat reyestridan chiqariladigan tadbirkorlik sub’yektlari roʻyxati e’lon qilingan. Ularning barchasi 3 yildan ortiq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayapti. Ushbu sub’yektlarning ta’sischilari va rahbarlarida oʻz tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tiklash imkoniyati hali ham mavjud.
Havola boʻyicha roʻyxatdan foydalanish mumkin. U yillar davomida (3 yildan ortiq) moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni soddalashtirilgan tartibda davlat reyestridan chiqarish chora-tadbirlari doirasida tuzilgan.
Faoliyatini qayta tiklash istagida boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ta’sischilari va rahbarlari 2021 yil 20 avgustga qadar roʻyxatdan oʻtgan hududidagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishlari lozim.
Qoʻshimcha axborotdan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida - Davlat reyestridan chiqarilishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda, shuningdek 1198 hamda (71) 202-32-82 telefon raqamlari orqali foydalanish mumkin.
