Koʻchma savdo ob’yektini roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtirildi

preview

Vazirlar Mahkamasi “Koʻchma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni tasdiqladi (485-son VMQ, 03.08.2021 y.). Hujjatga asosan mobil savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish soddalashtirilmoqda.

Hujjatning asosiy qoidalari - buxgalter.uz sharhida.


485-son VMQda belgilanishicha:

  • oʻzining koʻchma savdo ob’yektini joylashtirish mumkin boʻlgan joylar 36 oy muddatga auksionda sotiladi. Mobil savdo uchun moʻljallangan joylarning joylashish sxemalari har uch yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi;
  • mobil savdo ob’yektlarini roʻyxatdan oʻtkazish “K–SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
  • “K–SAVDO” AATda koʻchma savdo ob’yektini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi;
  • mobil savdo shoxobchasini roʻyxatdan oʻtkazgan tadbirkor uni boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berish (qisman yoki toʻliq) huquqiga ega emas. Bunda u faqat bayram va ommaviy tadbirlar oʻtkazish davrida joylashtirish joyidan tashqarida savdo bilan shugʻullanishi mumkin;
  • qaror bilan koʻchma savdoni amalga oshirishning majburiy talablari va shartlari, savdo ob’yektlarining ixtisoslashuvi, shuningdek koʻchma savdosi taqiqlangan tovar turlari tasdiqlangan.

Tadbirkorlar 2021 yil 1 noyabrdan hujjatning amal qilishidan toʻliq hajmda foydalanishlari mumkin boʻladi. Bu vaqtga kelib har bir tuman (shahar) uchun koʻchma savdo ob’yektlarining joylashish sxemalari tuziladi, ular toʻgʻrisidagi axborot “K–SAVDO” AATda saqlanadi.

Shuningdek, hujjat 2021 yil 1 oktyabrga qadar YaIDXPda mavsumiy kafelarni joylashtirish boʻyicha elektron ariza berish xizmati joriy etilishini nazarda tutadi.

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text171698_kuchma_savdo_obektini_ruyhatdan_utkazish_soddalashtirildi