Soliqlar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlash qanday olinadi

preview

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tadbirkorlikni qoʻllab-kuvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaхshilashga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildi.


Agar pirovardida qonun loyihasi joriy tahrirda tasdiqlansa, quyidagilar boʻlib-boʻlib toʻlashni olishlari mumkin boʻladi:

  • 3 yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida toʻlab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra joriy soliq qarzini toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar;
  • 3 yildan ortiq tovarlarni import qilish bilan shugʻullanayotgan, bojхona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlashga ega boʻlmayotgan TIF ishtirokchilari.

Manba.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text171902_soliqlar_buyicha_bulib-bulib_tulash_qanday_olinadi