9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
. Hujjat 2021 yil 22 noyabrda kuchga kiradi.
Nizom quyidagilarni belgilaydi:
- bojxona nazorati ostida yetkazilgan tovarlar boʻyicha yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
- bojxona omborlarida bunday tovarlar harakati tizimi;
- bojxona omborida yuk operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ombori egasining hamda uning vakolatli shaxsining huquq va majburiyatlari.
Bojxona ombori hududida bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilishda bojxona xodimlari ishtirok etadi.
Gap quyidagi tovarlar xususida bormoqda:
- bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga bojxona ombori bojxona rejimida joylashtirilishi nazarda tutilgan tovarlar;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona hududiga olib kirilishi va bojxona hududidan olib chiqilishi (muomalasi, foydalanilishi va tasarruf etilishi) taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar;
- Prezidentning yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladigan litsenziyalar va ruxsatnomalar boʻyicha eksport-import qilinadigan maxsus tovarlar;
- tranzit tarzda olib oʻtiladigan tovarlar;
- harbiy yuklar, shu jumladan, qurol-yarogʻ, harbiy texnika va oʻq-dorilar, radioaktiv materiallar;
- insonparvarlik yordami, texnik koʻmak sifatida va grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlar;
- olib kirilayotgan Oʻzbekiston milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari;
- har qanday holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar hamda ulardan yasalgan buyumlar (xom,tabiiy) va ishlov berilgan shaklda, affinlangan, xom ashyolar, eritmalar, yarim tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, lomlar va ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida);
- madaniy boyliklar.
Bojxona ombori xududida oʻtkaziladigan yuk operatsiyalari litsenziya talablari va shartlari asosida jihozlangan videokuzatuv tizimi nazorati ostida bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsining ishtirokida amalga oshiriladi.
Bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi yukka nisbatan aniqlagan har qanday tafovutlar va nomuvofiqliklar toʻgʻrisida bojxona organini xabardor qilishi shart. Mazkur tovar turi bilan barcha operatsiyalar qat’iy Nizomga 1-ilovadagi sxemaga binoan oʻtkaziladi.
Manbaga qarang.
Norma.uz materiallari asosida