9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Xushxabar: buxgalterlar ham biroz dam olishlari mumkin! Qoʻshimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda 1 dan 5 sentyabrga qadar davom etadigan Mustaqillik kunini nishonlash munosabati bilan Davstatqoʻm 5 ta hisobotlarni topshirish muddatlarini - 8 sentyabrga qadar (8 sentyabr ham kiradi) koʻchirdi.
Ushbu roʻyxatda quyidagilar mavjud:
- 12-narx (xarid) shakli “Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida hisoboti”;
- 12-korxona shakli “Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot”;
- 12-korxona (sanoat) (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot”;
- 12-korxona (savdo)(12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot”;
- 12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisobot”.
Bunda Davstatqoʻm serverlari kechayu kunduz ishlaydi va xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisobotlarni belgilangan muddatlar doirasida soʻnggi sanani koʻchirishni hisobga olgan holda oʻzlari uchun qulay har qanday vaqtda yuborishlari mumkin.
![]()