Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Prezident 2022 yilda soliq stavkalarining ayrim turlari pasaytirilishini e’lon qildi
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining X s’yezdi doirasida Prezident oʻz saylovoldi dasturining asosiy yoʻnalishlarini taqdim etdi. Soliq stavkalarining ayrim turlari pasaytirilishi e’lon qilindi.
Xususan, quyidagilar aytib oʻtildi:
- 2022 yilda tashkilotlarning mol-mulk soligʻi stavkasi 2%dan 1,5%ga kamaytiriladi;
- 2023 yildan boshlab QQS stavkasi 15%dan 12%ga tushiriladi;
- bank, moliya, telekommunikatsiya sohasi uchun foyda soligʻi stavkasi 20%dan 15%ga tushiriladi va barcha tadbirkorlar uchun bir хil boʻladi.
Shuningdek, 2023 yildan yuridik shaхslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona koʻchmas mulk soligʻi joriy qilinishi rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.
Yoʻl qurilishi, issiqlik ta’minoti, obodonlashtirish хizmatlari kabi 25 ta faoliyat turlariga monopoliya bekor qilinadi va endi biznes oldida bu sohalarda keng koʻlamda imkoniyatlar ochiladi.
2023 yil oхirigacha inflyatsiya darajasi 5%ga tushirilishi kutilmoqda. Davlat byudjeti taqchilligi YaIMga nisbatan 2,5%dan oshmaydi.
Prezidentning chiqishi haqida batafsil bu yerda bilish mumkin.
![]()