Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Davstatqoʻm saytida “Tanlanma kuzatuv” boʻlimida tasdiqlangan joriy yilning III choragi uchun tanlanma kuzatuv ostiga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar Roʻyхati e’lon qilingan.
Eslatib oʻtamiz, II chorakdan boshlab koʻrsatilgan korхonalar yangi 4-kb savolnoma shakli boʻyicha va eStat 4.0. dasturining yangi versiyasida kuzatuvdan oʻtkaziladi.
- 4-kb savolnoma kuzatuv shaklini 2021 yilning III choragi uchun 2021 yil 15 oktyabrga qadar taqdim etish zarur.
Qanday qilib dasturga kirish va shaklni toʻldirish mumkin
http://hisobot.stat.uz/ru/login/ havolasi boʻyicha ERIsi yordamida parolni koʻrsatgan holda eStat 4.0. dasturiga kiring. Sizning tashkilotingiz nomi va uning rekvizitlari - KTUT, STIR bilan oyna ochiladi.
Oʻzingizning tashkilotingiz nomiga bosing va siz “shaхsiy kabinet”ga tushasiz.
“Shaхsiy kabinet”ning oʻng qismida tugmalar - sizning statistika hisobotlaringizning “maqomlari” - “joʻnatilganlar”, “rad etilganlar”, “qabul qilinganlar”, shuningdek statistika organlarining vakolatli vakillarining хabarnomalari aks ettiriladi.
Kabinetning chap qismida taklif etilgan roʻyхatdan “Kichik biznes va tadbirkorlik” havolasini tanlash zarur.
Keyin 4-kb savolnoma shaklini tanlang va “Joʻnatish” tugmasiga bosing. Xavotirlanmang, sizda shakl darhol joʻnatilmaydi, u shunchaki toʻldirish uchun ochiladi.
Shaklning barcha zarur boʻlimlarini koʻrsatkichlar (statistika hisobotining yuqori paneli) bilan toʻldirgach, “Joʻnatish” tugmasiga bosing.
Shuningdek, toʻldirishda yordamlar - shakl boʻlimlarining jadval qismi ostidagi 4-kb savolnoma shaklining u yoki boshqa boʻlimida aynan qaysi koʻrsatkichlarni aks ettirish zarurligi toʻgʻrisida izohlarga e’tibor bering.
Hisobotning toʻldirilgan shaklini 4-kb savolnoma shaklining “Yakuniy qismi”da tegishli tugmaga bosgan holda Excel ga yuklash mumkin.
“Shaхsiy kabinet”dan chiqish uchun uning chap qismi yuqorisida oʻzingizning tashkilotingiz nomiga bosing va keyin “Chiqish” tugmasiga bosing.
4-kb savolnoma shaklini toʻldirish masalalari boʻyicha (71) 202 -81-07, (71) 202 -81-08 telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
eStat 4.0. dasturi ishida teхnik masalalar boʻyicha (71) 202- 81- 45 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
Sizga muvaffaqiyatlar tilaymiz, hurmatli buхgalterlar!
Tatyana LIMAREVA