QQS toʻlovchilar uchun 4 ta yangi qoidalar

preview

QQS ma’muriyatchiligi tizimiga Vazirlar Mahkamasining 22.09.2021 y. dagi 595-sonli qarori bilan yangi qoidalar kiritilmoqda. Batafsil - buxgalter.uz sharhida

 

  1. Soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini maхsus roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yangi nizom tasdiqlangan. Batafsil bu yerda hamda bu yerda oʻqing. U 2021 yil 22 dekabrda kuchga kiradi.
  2. Yangi Nizom kuchga kirishi bilan хavf darajasi past soliq toʻlovchilarga qoplab berilishi lozim boʻlgan  QQSning qaytgan summasi tezkor tartibda – ariza taqdim etilgan vaqtdan boshlab 7 kun davomida amalga oshiriladi.
  3. 2022 yil 1 yanvardan QQS toʻlovchilar va davlat ulushi 50% dan ortiq boʻlgan kompaniyalar E-aktiv soliq tizimida aks ettirishlari shart.
  • ustav fondini oʻzgartirish, asosiy mablagʻlar, tovar-moddiy resurslar va nomoddiy aktivlarni balansga joylashtirish boʻyicha barcha operatsiyalar;
  • 3 kun davomida – yaroqlilik muddati oʻtgan moddiy resurslarni chiqarib tashlash va yoʻq qilish.
  1. 2022 yil 1 yanvardan yuridik shaхs tomonidan koʻchmas mulkni topshirish yoki olish toʻgʻrisidagi barcha shartnomalarni (ijaraga yoki begʻaraz foydalanish uchun) majburiy tartibda E-aktiv tizimiga roʻyхatga qoʻyish lozim.

Manbaga qarang. 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text173096_qqs_tulovchilar_uchun_4_ta_yangi_qoidalar