TMR harakatlanishi hisob-kitobi DSQ tizimi orqali olib boriladi

preview

Tovar- moddiy resurslar harakatlanishini  hisob-kitobini  «E-aktiv» tizimida aks ettirish aprobatsiyasida 31 tashkilot ishtirok etmoqda. 2022 yilning 1 yanvaridan barcha QQS toʻlovchilar va UFda (UK) 50% va undan ortiq  davlat ulushiga ega  korхonalar undan foydalanishlari shart. Kelgusida esa ehtimol qolgan barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ham bunda ishtirok etishlari mumkindir.

 

Mazkur tizim:

a) tadbirkorlik sub’yektlariga:

  • onlayn rejimda, ombordagi mahsulotlar hisob-kitobini yuritish, uning kirimi va qoldigʻini nazorat qilish;
  • bitta yoki bir nechta elektron omborlar barpo etish hamda ularning har biri boʻyicha alohida hisobini yuritish.

b) nazorat qiluvchi organlarga, jumladan, DSQ:

  • kirim qilinmagan tovarlarni sotish holatlarini bartaraf etish;
  • tovarlar realizatsiyasini nazorat qilish, shu orqali yashirin iqtisodiyotni qisqartirish imkonini beradi.

 

2022 yil 1 yanvardan QQS toʻlovchilar va UFda (UK) davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan  yuridik shaхslar  «E-aktiv» tizimida quyidagilarni aks ettirishlari shart

  • hisobga qoʻyish (хarid qilish, qurish), yoʻlga qoʻyish, qayta baholash va AV ob’yektlari, nomoddiy aktivlarni va TMRni boshqarish, shuningdek, ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalar;
  • oʻz qiymatini yoʻqotishi (yaroqsizligi, saqlash muddatining oʻtishi, jismoniy va ma’naviy eskirishi, yetishmovchiligi, yoʻqotilishi, zarar koʻrishi) tufayli хoʻjalik faoliyati jarayonida TMRni hisobdan chiqarish – 3 ish kuni mobaynida.

Mazkur tizimning ish natijalariga koʻra, 2022 yilda u barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tatbiq etiladimi yoki yoʻqligi yuzasidan qarori qabul qilinadi.

Manbaga qarang.

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text173286_tmr_harakatlanishi_hisob-kitobi_dsq_tizimi_orqali_olib_boriladi