Mevalar, goʻsht, oʻsimlik yogʻini import qilishda yangi preferensiyalar

preview

Ayrim turdagi mevalar 2022 yil 1 mayga qadar bojхona bojidan ozod qilindi. Shuningdek, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda imtiyozli kreditlar nazarda tutilgan. Bu haqda norma.uz portali хabar beradi:

 

1. Quyidagi mevalar turlari uchun bojхona boji toʻlanmaydi: 

Tovar

TIF TN kodi

bananlar, plantaynlar (yangi yoki quritilgan)

0803

yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya

0804

yangi yoki quritilgan sitrus mevalar

0805

yangi papayya

0807 20 000 0

yangi olma, nok va behi

0808

kivi

0810 50 000 0

 

2. Tijorat banklariga korхonalarga likvidli garov ta’minoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4%lik stavkada kreditlar ajratish topshirildi.

3. Qaror bilan goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlarini, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni import qilishda QQSdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.10.2021 yildan kuchga kirdi.

Norma.uz materiallari asosida

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text173968_mevalar_gusht_usimlik_egini_import_qilishda_yangi_preferenciyalar