Qanday bitimlar soliq solish maqsadlarida nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etiladi

preview

Soliq kodeksi transfert narxini belgilashda soliq nazoratini nazarda tutadi, u tashkilotlar tomonidan tuziladigan ayrim bitimlarga tatbiq etiladi. Tashkilot ular boʻyicha soliq organlarini xabardor qilishi, narxlarning bozor narxlariga muvofiqligini tahlil qilishi, zarurat boʻlganda qoʻshimcha soliqlar hisoblashi kerak.

Qanday bitimlar nazorat qilinadigan bitimlar jumlasiga kirishini Soliq qoʻmitasining Soliq solish uslubiyati departamenti xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no Alishayeva gapirib berdi:

 

Mutaxassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Soliq kodeksi nazorat qilinadigan bitimlar tushunchasi va ularni aniqlash mezonlarini oʻz ichiga olgan .

“Nazorat qilinish” alomatlarini jadval shaklida taqdim etamiz:

 

Nazorat qilinadigan bitimlar

Bitim nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etiladigan shartlar

U oshganda bitim nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etiladigan tyegishli kalendar yil uchun bitimlar boʻyicha daromadlar summasi

 I. Oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitimlar

1.1. Chet el kompaniyasi (norezident) bilan

Koʻrsatilgan shaxslar oʻrtasida bitimlar boʻyicha daromadlar summasi (bitimlar narxlari summasi)

Cheklovsiz

1.2. Oʻzbekistonning soliq rezidentlari oʻrtasida

Koʻrsatilgan shaxslar oʻrtasida bitimlar boʻyicha daromadlar summasi (bitimlar narxlari summasi)

5 mlrd soʻm

Bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi maxsus soliq rejimini qoʻllaydi yoki maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi hisoblanadi. Bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida maxsus soliq rejimlarini qoʻllamaydigan shaxs mavjud

500 mln soʻm

Bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi foyda soligʻini toʻlashdan ozod etilgan, pasaytirilgan soliq stavkasini yoki boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllaydi, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida bunday soliqni toʻlashdan ozod etilmagan va imtiyozlarni qoʻllamaydigan shaxs mavjud

500 mln soʻm

Bitimning taraflaridan biri tomonidan qazib olingan foydali qazilma bitim predmeti boʻladi, agar ushbu foydali qazilmaga nisbatan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning advalor soliq stavkasi nazarda tutilgan boʻlsa

500 mln soʻm

II. Nazorat qilinadigan bitimlarga tenglashtirilgan bitimlar:

2.1. Vositachilar (tovarlarning (xizmatlarning) birinchi sotuvchisi va oxirgi xaridori bilan oʻzaro aloqador boʻlmagan uchinchi shaxslar) ishtirokida tuziladigan bitimlar ketma-ketligi yoki majmui, agar mazkur sotuvchi va xaridor oʻzaro aloqador shaxslar boʻlsa

Bitimlarning mazkur ketma-ketligida yoki majmuida ishtirok etuvchi bunday uchinchi shaxslar:

  • bitimlarning ushbu ketma-ketligida yoki majmuida bitimlar zanjirida hech qanday qoʻshimcha vazifalarni bajarmaydi, bundan tovarlarni (xizmatlarni) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish mustasno;
  • oʻz zimmasiga hech qanday tavakkalchiliklarni qabul qilmaydi va tovarlarni (xizmatlarni) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish uchun hech qanday aktivlardan foydalanmaydi, ya’ni rasmiy hujjat aylanishini tashkil etish uchun xizmat qiladi

Oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitimlar kabi cheklovlar

III. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari

3.1. Tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga kiruvchi tovarlar tashqi savdosi sohasidagi bitimlar

Quyidagi tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga kiruvchi tovarlar bunday bitimlarning predmeti hisoblanadi :

1) rangli metallar;
2) qimmatbaho metallar;
3) mineral oʻgʻitlar;
4) uglevodorod xom ashyosi va neft mahsulotlari;
5) paxta tolasi va kalava ip

 Cheklovsiz

3.2. Ofshor yurisdiksiyadagi shaxslar bilan bitimlar

Bunday bitimning taraflaridan biri roʻyxatdan oʻtkazilish joyi, yashash joyi yoki soliq rezidentligi joyi ofshor yurisdiksiya boʻlgan shaxs hisoblanadi.

Ofshor yurisdiksiyalarning roʻyxatini Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi va Markaziy bank birgalikda tasdiqlaydi

Cheklovsiz

 

Bitim taraflarining oʻzaro aloqadorligi mezonlari SKning 37-moddasida keltirib oʻtilgan.

Soliq qoʻmitasining arizasiga koʻra, sud bitimni mazkur bitimning SKning 180-moddasida belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab boʻladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etishi mumkin.

Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar soliq organiga nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yilga oid yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay yuboriladigan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomalarda koʻrsatiladi .

E’tibor bering
Daromadlar hajmi yuqorida koʻrsatilgan summa mezonlaridan oshmaydigan bitimlar, shuningdek nazorat qilinadigan deb e’tirof etilmaydigan bitimlar narxlarning bozor narxlariga mos kelishini tekshirish maqsadida soliq nazorati predmeti boʻlishi mumkin emas.

 

 

 

Soliq nazorati: soliq hisobi — maslahatlar Soliq nazorati Soliq nazorati (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text175337_soliq_solish_maqsadlarida_nazorat_qilinadigan_bitimlar