Banklar e’tiboriga! Sizlar uchun Soliq hisobi siyosati ishlab chiqildi

preview

Soliq maslahatchilari Irina PODOLSKAYa va Irodaxon ABBOSXONOVA banklar uchun batafsil namunaviy Soliq hisobi siyosatini ishlab chiqdilar, bunga oʻxshashi Oʻzbekistonda mavjud emas. Uni mijoz etiyojlaridan kelib chiqib soddalashtirish va oʻzgartirish mumkin.

 

Banklarning faoliyat turi moliya xizmatlarini koʻrsatishdan iborat, ushbu xizmatlar asosan QQS toʻlovidan ozod etiladi. Shunday operatsiyalar borki, ular boʻyicha banklarda ham QQS boʻyicha soliq majburiyatlari yuzaga keladi. Bu borada quyidagi operatsiyalarni keltirish mumkin:

  • lizing operatsiyalari (ayniqsa lizingdan qaytgan mol-mulkni realizatsiya qilish qismida);
  • bank egaligiga oʻtkazilgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish.

Bunday holatlarda «kiruvchi» QQS boʻyicha hisob siyosati boʻlishi muhimdir. Bu «kiruvchi» soliqni hisobga qabul qilishni butkul rad etish yoki uni hisobga olish usulini tanlashdan iborat boʻlishi mumkin.

Mazkur ishlar boshqa masalalar qatori, bunday mol-mulkni realizatsiya qilish narxlariga, binobarin, foyda soligʻiga ham ta’sir koʻrsatadi. Zaruriy hisob-kitoblarni amalga oshirmasdan, bank uchun qanday hisobga olish usulini tanlash foydali boʻlishini aniqlash ancha mushkul ishdir.

Bank uchun S’HSning foyda soligʻiga bagʻishlangan qismi muhim hisoblanadi. Ushbu qismda eng murakkab va xatarli masala xarajatlarning iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashini asoslashdir. Ayniqsa bank tomonidan professional xizmatlar koʻrsatilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan, lekin bunda zaruriy hisoblangan xarajatlarni asoslash murakkablik tugʻdiradi. Ularning iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashini oldindan aniq aytib boʻlmaydi, bunda ham muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek norezidentlar bilan shartnomalar tuzishda bank muassasalarida QQS toʻlash hamda daromadlarga soliq solish bilan bogʻliq talaygina savollar paydo boʻlishi mumkin.

Soliq hisobi siyosati yordamida tavakkalchilik holatlarini kamaytirish va nizoli masalalarni hal etish mumkin. S’HS oldindan – soliq auditi tekshiruviga qadar u yoki bu xarajatlarni asoslab berishga tayyorgarlik koʻrishga imkoniyat yaratadi.

Soliq hisobi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri soliq bazasini hisoblashda chegirib tashlanadigan xarajatlar sifatida tasniflanadigan  turlarini aniqlash hamda bank faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashini asoslash hisoblanadi. Bunday hujjat bank buxgalteriyasi va uning boshqa tuzilmalari uchun eng zarur kitob boʻlib qoladi.

 

Taklif etilayotgan S’HS boshqalaridan  nimasi bilan farq qiladi

1. S’HS soliq maslahatchilari, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi huzurida tashkil etilgan Soliq kodeksi boʻyicha ishchi guruhi ishtirokchilari, CIPA va DipIFR sertifikatlari sohiblari Irina PODOLSKAYa va Irodaxon ABBOSXONOVA tomonidan ishlab chiqilgan.

2. Soliq maslahatchilari Soliq kodeksi va banklar buxgalteriya hisobining oʻziga xos jihatlarini yaxshi bilishlari juda muhim. Ular tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy Soliq hisobi siyosati bank buxgalteriya hisobining oʻziga xos jihatlarini aks ettiradi, bu soha uchun maxsus ishlab chiqilgan va aynan banklarga mos keladi.

Keyinchalik banklar soʻrovlariga koʻra quyidagi imkoniyatlar nazarda tutiladi: *

  • soliqqa oid qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarga S’HSni moslashtirish imkoniyati;
  • bank faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga qarab unga oʻzgartirishlar kiritish imkoniyati.

* Qoʻshimcha imkoniyatlar xususida ma’lumotlar alohida toʻlov evaziga taqdim etiladi.

E’tibor bering
Soliq hisobi siyosatini sotib olish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha +90 947-77-47 telefon raqami yoki info@taxco.uz. elektron pochtasi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida. 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text175703_banklar_etiboriga_sizlar_uchun_soliq_hisobi_siesati_ishlab_chiqildi