9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun ariza onlayn tarzda – YaIDXP va license.gov.uz maxsus portali orqali berilishi mumkin. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz litsenziyalar roʻyxati va xizmatlar koʻrsatish shartlarini jadvalga jamladi:
|
T/r |
Xizmatlar nomi va havola |
Tavsifi |
ERI kaliti |
Ijro muddati |
Narxi* |
|
1 |
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziya |
Xizmat quyidagi ikki bosqichda koʻrsatiladi: 1. Ariza beruvchi litsenziya olish uchun YaIDXPda roʻyxatdan oʻtadi, ariza toʻldiradi va yuboradi. Vakolatli organ uni oʻrganib chiqadi va davlat boji toʻlash uchun hisobni yuboradi. 2. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng arizachiga litsenziya beriladi |
Talab qilinadi |
Arizani koʻrib chiqish uchun 1 ish kuni |
0,9 BHM – arizani koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim. Davlat boji – 1 BHMdan 28 BHMgacha miqdorda transport vositasi turidan kelib chiqqan holda |
|
2 |
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya |
Talab qilinadi |
30 kunga qadar |
1,8 BHM – yigʻim, 9 BHM – davlat boji |
|
|
3 |
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya (birinchi marta olish va muddatni uzaytirish) |
1. Ariza beruvchi arizani YaIDXP orqali yuboradi. Ijobiy qaror qabul qilinganda unga davlat bojini toʻlash uchun toʻlov hujjati joʻnatiladi. |
Talab qilinadi |
5 ish kuni mobaynida |
2,7 BHM – yigʻim, 0,9 BHM – davlat boji |
|
4 |
Baholovchilarning malaka sertifikati |
Talabgor birinchi marta baholovchilarning malaka sertifikatini olish uchun ariza beradi |
Talab qilinadi |
Avtomatik tarzda |
0,9 BHM – yigʻim |
|
Talabgor baholovchilarning malaka sertifikati muddatini uzaytirish uchun ariza beradi |
|||||
|
5 |
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
1. Ariza beruvchi YaIDXP orqali arizani yuboradi, ijobiy qaror qabul qilinganda davlat bojini toʻlash uchun hisobni oladi. 2. Toʻlov toʻlangandan keyin litsenziya beriladi |
Talab qilinadi |
5 kundan 15 kunga qadar |
1,8 BHM – yigʻim, 9 BHM – davlat boji |
|
6 |
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun yangi litsenziya olish (tezlashtirilgan tartibda) |
Talab qilinadi |
5 ish kuni mobaynida |
3,6 BHM – yigʻim, 9 BHM – yigʻim |
|
|
7 |
Xususiy notarial faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (birinchi marta olish va muddatni uzaytirish) |
1. Ariza beruvchi arizani yuboradi. Vakolatli organ soʻrovnomani 15 ish kuni ichida koʻrib chiqib malaka imtihonini topshirish huquqini beruvchi xulosani tuzadi. 2. Imtihon muvaffaqiyatli topshirilgandan keyin ariza beruvchi davlat bojini toʻlaydi, bundan keyin Adliya vazirligi tomonidan 3 kun ichida litsenziya beriladi |
Talab qilinadi |
15 kun – arizani koʻrib chiqishga, 15 kun – imtihonga, 3 kun –litsenziya berish uchun |
0,45 BHM – yigʻim, 0,9 BHM – davlat boji |
|
8 |
Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya |
Faqat yuridik shaxslargina ariza berishi mumkin |
Talab qilinadi |
10 ish kuni mobaynida |
2,25 BHM – yigʻim, 4,5 BHM – davlat boji |
|
9 |
Rieltorlarning malaka sertifikati (birinchi marta olish va muddatni uzaytirish) |
1. Talabgor YaIDXP orqali soʻrovnomani yuboradi va yigʻimni toʻlaydi. 2. Malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgandan keyin vakolatli organ tomonidan sertifikat beriladi |
Talab qilinadi |
Avtomatik tarzda |
1 BHM – yigʻim |
|
10 |
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ularning hayot faoliyati uchun mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma |
Ekologiya qoʻmitasi arizani koʻrib chiqadi va ijobiy hulosa berilgan taqdirda davlat bojini toʻlash uchun hisobni taqdim etadi. Toʻlov amalga oshirilgandan keyin YaIDXP ariza beruvchiga Ruxsatnomani yuboradi |
Talab qilinmaydi |
15 ish kuni mobaynida |
0,1 BHM – jismoniy shaxslar uchun, 0,2 BHM – yuridik shaxslar uchun |
|
11 |
Ma’lumotlar uzatish hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatga litsenziya (birinchi marta olish va muddatni uzaytirish) |
Faqat yuridik shaxslargina ariza berishi mumkin |
Talab qilinadi |
20 ish kuni mobaynida |
0,9 BHM – yigʻim, 40 BHM – davlat boji |
|
12 |
OAVni davlat roʻyxatidan oʻtkazish (birinchi marta olish va muddatni uzaytirish) |
Yuridik va jismoniy shaxslar ariza berishi mumkin |
Talab qilinadi |
15 ish kuni mobaynida |
Arizani koʻrib chiqish – bepul. Davlat boji – 0,5 BHMdan 25 BHMgacha miqdorda OAV tusiga bogʻliq holda |
|
13 |
Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (birinchi marta olish va muddatni uzaytirish) |
Ariza beruvchi arizani yuboradi, davlat bojini toʻlaydi va litsenziya oladi |
Talab qilinadi |
20 ish kuni mobaynida |
0,9 BHM – yigʻim, 85 BHM – davlat boji |
|
14 |
Noshirlik faoliyatini amalga oshirish haqida xabardor qilish |
Davlat xizmatlari markazi xabarnoma olinganligini tasdiqlaydi va tasdiqnomani ariza beruvchiga yuboradi |
Talab qilinadi |
Avtomatik tarzda |
Bepul |
|
15 |
Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni boshlash yoki tugatish haqida xabardor qilish |
Talab qilinmaydi |
1 ish kuni mobaynida |
Bepul |
|
|
16 |
Matbaa faoliyatini amalga oshirish haqida xabardor qilish |
Talab qilinadi |
Avtomatik tarzda |
Bepul |
|
|
17 |
Moddiy-madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlarini asrashga doir faoliyat uchun litsenziya |
1. Ariza beruvchi YaIDXP orqali ariza beradi. Ijobiy qaror qabul qilingandan keyin unga davlat bojini toʻlash uchun hisob yuboriladi. 2. Davlat boji toʻlangandan keyin YaIDXP ariza beruvchiga litsenziyani yuboradi |
Talab qilinadi |
30 ish kuni mobaynida |
0,9 BHM – yigʻim, 20 BHM yoki 40 BHM – litsenziya uchun davlat boji toifasiga bogʻliq holda |
|
18 |
Veterinariya faoliyatini amalga oshirishga litsenziya (veterinariya davolash-profilaktika ishlari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha) |
Talab qilinadi |
10 ish kuni mobaynida |
0,9 BHM – yigʻim, 9 BHM – davlat boji |
|
|
19 |
Veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (laboratoriya-diagnostika ishlari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha) |
Talab qilinadi |
10 ish kuni mobaynida |
0,9 BHM – yigʻim, 9 BHM – davlat boji |
|
|
20 |
Nodavlat ta’lim xizmatlari koʻrsatishga litsenziya (birinchi marta olish va muddatni uzaytirish) |
Talab qilinadi |
15 kundan 30 kunga qadar |
1,8 BHM – yigʻim, 9 BHM – davlat boji |
|
|
21 |
Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya (birinchi marta olish va muddatni uzaytirish) |
Talab qilinadi |
20 kunga qadar |
1,8 BHM – yigʻim, 4,5 BHM – davlat boji |
|
|
22 |
NTMning chet tillarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish uchun litsenziya (birinchi marta olish va muddatni uzaytirish) |
Talab qilinadi |
30 kunga qadar |
1,8 BHM – yigʻim, 10 BHM – davlat boji |
* YaIDXPda ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni olish imkonini beruvchi boshqa xizmatlar ham koʻrsatiladi.
YaIDXP orqali arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimni hamda litsenziya yoki ruxsatnomalarni olish uchun davlat bojini toʻlash chogʻida ariza beruvchiga 10% chegirma taqdim etiladi.
Kontragentlaringiz faoliyati litsenziyalanishi lozim boʻlsa, siz uchun quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
Saida JONIZOQOVA tayyorladi.