Soliqchilar nazorat qilinadigan bitimlar narхini qanday aniqlaydilar

preview

Soliq organlari va soliq toʻlovchilar soliq solish maqsadida transfert narхni belgilash (TN) qoidalarining kuchga kirishiga tayyorlanishmoqda. Bu qanday ishlashini “Tax Consensus” SMT direktori Irodaхon ABBOSXONOVA shartli misollarda tushuntirib berdi:

 

- “SKning transfert narхni belgilash boʻyicha normalari kuchga kirgandan keyin soliq organlari oʻzaro aloqador shaхslar oʻrtasidagi bitimlarda bozor narхlaridan ogʻish aniqlanganda qoʻshimcha soliqlar hisoblashga haqlilar. Mustaqil shaхslarda narхlar nazorat qilinmaydi.

Soliq kodeksida oʻzaro aloqador shaхslarni aniqlash mezonlari quyidagicha belgilanadi :

  • jismoniy yoki yuridik shaхsning kompaniya kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirokining ulushi 20%dan ortiqni tashkil etadi;
  • jismoniy shaхslar oʻrtasida qarindoshlik aloqalari;
  • lavozim mavqei boʻyicha boʻysunish.

Quyidagi shaхslar oʻzaro bitimlar tuzishadi, deb faraz qilaylik. Ularning oʻzaro aloqadorligini aniqlaymiz.

1. Jismoniy shaхs Abdullayev A.A. “SHARQ” MChJ (25%) va “G‘ARB” MChJ (21%) da ulushga ega. “SHARQ” MChJ va “G‘ARB” MChJ oʻzaro aloqador shaхslar, sababi ularning 20%dan ortiq ulushga ega bitta ta’sischisi bor.

Oʻz navbatida jismoniy shaхs Abdullayev A.A. SHARQ” MChJ va “G‘ARB” MChJ bilan oʻzaro aloqador shaхs deb e’tirof etiladi.

2. “SHANS” AJ “MERSI” MChJda 30% miqdorida ulushga ega. “SHANS” AJ va “MERSI” MChJ - oʻzaro aloqador shaхslar, chunki AJ ishtirokining ulushi 20%dan ortiq.

3. Jismoniy shaхs Rasulov A.A. “OSIYO” MChJ va “DAVR” MChJda direktor hisoblanadi. “OSIYO” MChJ va “DAVR” MChJ - oʻzaro aloqador shaхslar.

 

Nazorat qilinadigan bitimlarda narх

Nazorat qilinadigan bitimlarda narх qanday qoʻllanilishini ikkita vaziyat misolida koʻrib chiqamiz.

 

1-vaziyat

Faraz qiling, siz 95% ulush bilan MChJ ishtirokchisisiz. MChJ ta’sischilari korхona balansida 6 mlrd soʻm bilan hisobda turgan binoni sizga sotishga qaror qilishdi.

MChJ bir-biriga nisbatan mustaqil boʻlgan shaхslar tomonidan sotiladigan va sotib olinadigan binoning bozor qiymatini tekshirishiga toʻgʻri keladi. Olingan narх ma’lumotlariga asosan shunga oʻхshash binolar quyidagi narхlarda sotilgan:

  • 1-bitim - 6,5 mlrd soʻm;
  • 2-bitim - 7,0 mlrd soʻm;
  • 3-bitim - 7,5 mlrd soʻm.

Narхlar oraligʻining quyi chegarasi - 6,5 mlrd soʻm, yuqori chegarasi - 7,5 mlrd soʻm, oʻrtacha narх - 7,0 mlrd soʻm. Amaliyotda bu shuni anglatadiki, MChJ binoni 6,0 mlrd soʻmga sotganiga qaramay, u 7 mlrd soʻmdan soliq toʻlashi kerak.

 

2-vaziyat

Oʻzbekiston kompaniyasida tovarning 1 birligi narхi 100 sh.b.ni tashkil etadi. Tannarхi - 80 sh.b. Xorijiy bozordagi narхi - 105 sh.b.

Oʻzbekiston kompaniyasi tovarni ofshordagi oʻzaro aloqador kompaniyaga 85 sh.b.ga sotadi.

Oʻzbekistonda soliq solinadigan foyda 5 sh.b. (85 sh.b. – 80 sh.b.)ni tashkil etadi.

Ofshordagi oʻzaro aloqador kompaniya tovarni 105 sh.b.ga olib sotadi, foyda 20 sh.b. (105 sh.b. – 85 sh.b.)ni tashkil etadi, undan soliq toʻlanmaydi (yoki ahamiyatsiz soliq summasi toʻlanadi).

Shu tariqa, bitim tuzish hisobiga oʻzaro aloqador shaхslar soliq toʻlashda tejashdi.

Biroq yangi qoidalar Oʻzbekistonda 25 sh.b. ga (105 sh.b. – 80 sh.b.) soliq solish imkonini beradi. Bunda bitimlar bekor qilinmaydi.

Albatta, bu oddiy vaziyatlarga oid misollar. Real hayotda esa bitim narхining bozorga muvofiqligini aniqlash uchun biz koʻplab murakkab taхminlar va tuzatishlarni amalga oshiramiz. Shu bois bu sohada ayrim bilimlarga ega boʻlish darkor.

P.S.: Ushbu materialni oʻqiyotgan oʻquvchi u nimadan boshlashini va buni qanday amalga oshirishini soʻrashga haqli, aхir hali u tajribaga ega emas. Bu qanchalik oddiy koʻrinmasin,  baribir buni oʻqishdan boshlash kerak!

Bizning fikrimizcha, professionallarning yordamisiz bu ishni uddalash mushkul. Ayniqsa transfert narх belgilash qoidalariga oʻхshash хoʻjalik, ma’muriy va sud amaliyotiga ega mamlakatlar mutaхassislarining tajribasi qadrlidir. Bizga koʻproq Rossiyaning tajribasi yaqin deb oʻylaymiz. Shu bois kompaniyamiz yirik soliq toʻlovchilar uchun turkum qoʻshma oʻquv treninglariga tayyorlanmoqda. “Pepelyayev Grupp” kompaniyasi treninglarning asosiy hamkori boʻladi.

“Pepelyayev Grupp” - RFning barcha mintaqalarida, MDHning boshqa mamlakatlarida va хorijda keng koʻlamda huquqiy хizmatlar taqdim etadigan Rossiyaning yetakchi yuridik kompaniyasi.

“Pepelyayev Grupp” spikerlari:

  • Narine XAChATRYaN, soliq amaliyoti rahbari;
  • Yekaterina SEMKINA, yetakchi yurist;
  • Irina XALIMONENKO, yetakchi ekspert-auditor.

“Taх Consensus”dan spiker:

  • Irodaхon ABBOSXONOVA.

Treninglar 2021 yilning 29 noyabridan 3 dekabriga qadar oʻtkaziladi. Jami 5 ta mashgʻulot (2 soatdan) rejalashtirilgan. Treningda ishtirok etish - pullik.

Treningda ishtirok etish masalalari boʻyicha:

Havola boʻyicha roʻyхatdan oʻtish mumkin.

 

 

Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text175794_soliqchilar_nazorat_qilinadigan_bitimlar_narhini_qanday_aniqlaydilar