EHFda tovarning qadoq bilan hisoblanishini koʻrsatish

preview

Koʻp ishlab chiqaruvchilar tovarni tortib, quyib yoki metrajda emas, balki qadoqlangan holda realizatsiya qilishadi. Sotiladigan tovar sonini ular shu paytgacha  qadoqlar soni bilan oʻlchashgan. 

Bugun har bir MXIKga oʻzining oʻlchov birligi - vazni, uzunligi, hajmi va h.k. bogʻlangan. Tovarni qadoqda (qutida, flakonda va h.k.da) sotishni davom ettirish uchun DSQning “Qadoqni shakllantirish boʻyicha хizmat” yangi servisidan foydalaning.

 

Misol uchun, “03304001011000000 Loson” MXIKga millilitr, litr, dal oʻlchov birliklari bogʻlangan. Biroq ishlab chiqaruvchi losonni quyib realizatsiya qilmaydi. Tovar turli sigʻimdagi flakonlarda sotiladi, ular tashish qulay boʻlishi uchun qutilarga, ancha yirik turkumlari - poddonlarga qadoqlanadi. EHFda esa sotilgan tovarlar sonini tadbirkor ilgari donada koʻrsatgan.

Endi u EHF tizimiga oʻziga kerakli oʻlchov birliklarini kiritishi mumkin. Masalan, tizimda sonini 10 dona emas, balki 10 ta flakon deb koʻrsatish mumkin, bu ancha toʻgʻri boʻladi. Buni qanday bajarish mumkin?

1. Tasnif.soliq.uz saytida ERI yordamida shaхsiy kabinetga kiring.

2. “Tanlanganlar” boʻlimiga kiring.

3. Izlash хizmatida kerakli tovarni tanlagan holda “Qadoqni shakllantirish” tugmasiga bosing.

 

Qadoqning uchta turi 

Qadoqning 3 ta turi mavjud boʻlib, ulardan mahsulot shakliga bogʻliq holda foydalanish mumkin:

 

1. Iste’mol qadogʻi (unda tovar doʻkonda yakuniy iste’molchiga sotiladi).

Qadoqni shakllantirishda tegishli ustunlarda:

  • iste’mol qadogʻi turini (masalan, loson uchun tushuvchi tavsiyadagi yordamdan flakonni tanlaysiz);
  • qadoqning parametrlarini (agar flakondagi mahsulot miqdori - 50 ml boʻlsa, 50 raqamini qoʻyasiz);
  • oʻlchov birligini (millilitr);
  • bogʻlanish uchun telefon raqamini;
  • faoliyat turini koʻrsatasiz (tushuvchi tavsiyadagi yordamdan - ishlab chiqaruvchini tanlaysiz);
  • flakonning suratini yuklaysiz.

“Qadoqni shakllantirish” tugmasiga bosasiz.

Agar sizda bu losonning boshqa sigʻimdagi flakonlari boʻlsa - turli sigʻimdagi flakonlar uchun tartib-taomilni qaytarasiz.

 

2. Tashqi qadoq (iste’mol qadogʻi asosida shakllantiriladi. Unda mahsulotni kichik turkumlar bilan, masalan, 6 ta flakondan sotish oson).

Qadoqni shakllantirishda tegishli ustunlarda:

  • tashqi qadoq shaklini  (tushuvchi tavsiyadagi yordamdan qutini tanlaysiz);
  • sonini (6 raqamini qoʻyasiz);
  • qadoqning tarkibini (flakonlarni tanlaysiz);
  • bogʻlanish uchun telefon raqamini;
  • faoliyat turini koʻrsatasiz (tushuvchi tavsiyadagi yordamdan - ishlab chiqaruvchini tanlaysiz);
  • flakonning suratini yuklaysiz.

“Qadoqni shakllantirish” tugmasiga bosasiz.

Agar sizda boshqa miqdordagi flakonlar solingan qutilar boʻlsa, tartib-taomilni qaytaring va turli sigʻimdagi qadoqlarni shakllantiring.

 

3. Tashish qadogʻi (tashqi qadoq asosida shakllantiriladi. Katta turkum bilan tashish uchun qulay).

Qadoqni shakllantirishda tegishli ustunlarda:

  • tashish qadogʻi shaklini (masalan, tushuvchi tavsiyadagi yordamdan poddonni  tanlaysiz);
  • sonini (poddondagi qutilar sonini koʻrsatasiz);
  • qadoqning tarkibini (tegishli sigʻimdagi flakonlar);
  • bogʻlanish uchun telefon raqamini;
  • faoliyat turini koʻrsatasiz (tushuvchi tavsiyadagi yordamdan - ishlab chiqaruvchini tanlaysiz);
  • flakonning suratini yuklaysiz.

“Qadoqni shakllantirish” tugmasiga bosasiz.

Agar sizda poddonga joylangan boshqa qutilar soni bilan variantlar boʻlsa, har bir variant uchun tartib-taomilni qaytaring.

Qadoqni shakllantirishni yakunlaganingizdan keyin, sizda EHFda oʻlchov birligi sifatida flakonlar, qutilar, poddonlar  va h.k.larni tanlash imkoniyati paydo boʻladi.

DSQ yoʻriqnomasidan skrinshotlar bilan bu yerda foydalanishingiz mumkin.

Oleg GAYeVOY

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text176192_ehfda_tovarning_qadoq_bilan_hisoblanishini_kursatish