Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasi qayerda qoldi

preview

2021 yil 6 dekabrda YaIDXPda avval Soliq kodeksiga tuzatishlar va qoʻshimchalar loyihasi matniga olib boradigan havola boʻyicha 404-«Hujjat topilmadi» tarzidagi xatolik toʻgʻrisidagi xabar chiqib keldi. Loyiha muhokama uchun ochiq boʻlishi kerak edi, biroq u qayerga yoʻqoldi. Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVAning ta’kidlashicha, mutaxassislarda uni oʻrganib chiqish va muhokama qilish jarayonida hujjatni takomillashtirish borasida e’tiborga olinishi lozim boʻlgan takliflar paydo boʻlgan.

 

– «Dolzarb mavzu – nazorat qilish va yangi axborot-dasturiy komplekslarni joriy etish.

 

Tekshiruvdan oldingi nazorat «talabnoma»ga aylanishi mumkin

Xususan, tekshiruvdan oldingi nazorat tushunchasining kiritilishi haqidagi norma turlicha talqin qilinishining oʻzi yetarlidir. Ha, loyiha matni boʻyicha ushbu nazorat juda zarur va foydali narsa. DSQ tekshiruvga chiqishdan oldin yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatoliklarni koʻrsatadi va ularni tuzatishga imkon beradi. Biroq soliqchilar soliq toʻlovchilarni xatlarga koʻmib tashlashi xavfi ham mavjud, soliq toʻlovchi ularning har biriga asoslangan javobni qaytarishiga toʻgʻri keladi. Ushbu talabnomalar qanday mazmunda boʻladi, barchasi ish yuzasidan yuboriladimi? Ularning koʻpchiligi ilgarigidek, bir-biriga oʻxshagan va xato yuborilgan boʻladimi, bu holatni buxgalterlar hali yoddan chiqarmaganlar?

 

Nima uchun sanksiyalar saqlanib qoldi

Shu bilan birga negadir loyiha mualliflari 7.09.2021 yildagi PF-6307-son Farmon normasiga oʻzgartirishlarni loyihaga kiritishni yoddan chiqarganlar, bu oʻzgartirishlar bilan 2022 yil 1 yanvardan quyidagilar belgilangan :

  • kameral soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan belgilangan muddatlarda soliq hisoboti taqdim etilmaganligi uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.

Ushbu normalar ishlashi uchun Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.

Ishlab chiquvchilardan hech biri nima sababdan Prezidentning mazkur topshirigʻi qonun loyihasidan chiqarib tashlanganligini tushuntirib bermadi.

 

MXIK ijodkorligidagi xatoliklar uchun kim javobgar boʻladi

Koʻpchilik hamkasblarim qatori men ham MXIK notoʻgʻri qoʻllanilganligi uchun javobgarlik nazarda tutilgan norma SKning 233-moddasiga kiritilishi tarafdori emasman. MXIKdagi xatolik soliq bazasining yashirilganidan dalolat bermaydi. Bu oddiy xatolik, noaniqlik boʻlishi mumkin.

MXIK joriy qilinganidan buyon oʻtgan yarim yil mobaynida regulyator barcha kodlarni bir necha marta almashtirgan. Avval ular 5 belgili, keyin 8 belgili, soʻngra 17 belgili boʻldi. Buning orasida ayrim tadbirkorlik sub’yektlari misolida  MXIKning 12 belgili kodi ham sinovdan oʻtkazilgan.

Natija qanday? Bizda 4 mln dan ortiq TIF TN kodlari mavjud. Bu faqat mamlakatga olib kiriladigan va undan olib chiqib ketiladigan tovarlar miqdori haqida taxminiy tasavvurni beradi. MXIK kodlari – taxminan 41 mingta.

Natija yaqqol koʻrinib turibdi... Yaqinda DSQ tomonidan oʻtkazilgan oʻlchov birliklari MXIK kodlariga bogʻliqligi xususidagi videokonferensiyalar ishtirokchilari bu tizimning qanchalik mukammal emasligini koʻrsatib oʻtishdi. Konferensiya ishtirokchisi boʻlgan buxgalter telefon qilib «Qanday kodni qoʻllash kerak? Bizda mahsulotimizga mos keladigan kod bor edi, biroq u qayergadir yoʻqolib qoldi. Soliq qoʻmitasiga qilgan murojaatimiz natija bermadi» deganlari hali ham yodimda. Menimcha, bu korxona sabzavotlardan konserva tayyorlaydi... Bu orada DSQ mutaxassislari tekshiruv oʻtkazib, haqiqatan ham ularga mos kod yoʻqligini tasdiqlashdi. Natijada DSQ vakillari yaqin vaqtda sabzavotli konservalar uchun MXIK joriy etilishini va’da qildilar. Konferensiyada ishtirok etolmaganlarda ham shunga oʻxshash savollar talaygina boʻlsa kerak?

 

Gʻoyalar normativ jihatdan qoʻllab-quvvatlashni talab etadi

DSQ tomonidan MXIK, Ye-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz va boshqa yangi axborot-tahliliy servislar joriy etilishi toʻgʻri va yaxshi gʻoyadir. Biroq ularning amalga oshirilishi foydali boʻlishiga ishonamiz. Hech qaysi loyiha boʻyicha quyidagi ma’lumotlar aniq bayon etilgan reglament jamoatchilikka taqdim etilmagan:

1) bu nima uchun yaratilgan;

2) qanday servislar bilan oʻzaro aloqador boʻladi;

3) qanday tartibda ishlaydi.

Bunday tushuncha nafaqat soliq toʻlovchilarda mavjud, ular taxminlarga asoslanib dasturlar haqida tasavvur hosil qiladilar. Dastur ishlab chiquvchilarining oʻzlari ham vaziyatga qarab qaror qabul qilishayotganligi xavfi ham mavjud.

Masalan, 28.04.2021 yildagi 249-son VMQni oladigan boʻlsak, u MXIKni joriy qilish boʻyicha asos boʻladigan hujjat hisoblanadi. MXIK tez-tez oʻzgarib turadi va ular ushbu hujjat bilan tasdiqlaganiga mos kelmaydi degan e’tirozlar bildirilganda, davlat organi tomonidan ushbu hujjatning DSQga MXIKga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqini beruvchi bandiga asoslanib javob qaytarildi. 

Biroq ushbu qarorning 7-bandida DSQga ikki hafta muddatda Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirilgan edi. Mazkur hujjat mavjud boʻlsa, uni faqat ishlab chiquvchilar koʻrgan boʻlishi mumkin.

Oʻlchov birligini MXIKga bogʻlash juda yaxshi va toʻgʻri gʻoyadir. Biroq u notoʻgʻri amalga oshirilmoqda. Qizgʻin muhokamalardan soʻng DSQ «aynan qanday birliklar belgilanishi lozimligini biznes hamjamiyati tomonidan hal etilishini» va’da qildi. Fikrimcha, bu notoʻgʻri yondashuv boʻladi, sababi har kim oʻz tasavvuri va xohishidan kelib chiqib taklif bildiradi.

Bu ishda aksincha mamlakat ichkarisida hamma oʻlchov birliklarini bir xilda qoʻllashga harakat qilishi lozim. DSQ Texnik tartibga solish agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda metrologiya va tovarlarni markirovkalash sohasidagi xalqaro tashkilotlar, shu jumladan GS1 tajribasiga asosan oʻlchov birliklari ma’lumotnomasini ishlab chiqishi lozim. Loyihani muhokamaga chiqarish va tadbirkorlarning takliflarini hisobga olgan holda puxta ishlab chiqish lozim. Bunday yondashuvni kimdir notoʻgʻri deyishi ehtimoldan ancha yiroqdir.

Bunda, har tomonlama qaraydigan boʻlsak, oʻlchov birliklarini joriy qilish tajribasidan saboq olinmagan koʻrinadi. Keyingi oʻrinda E-imtiyoz tizimining joriy qilinishi shunday natijaga olib kelgan. Buxgalterlar tizim puxta ishlanmaganligi bois ular tovarlar va xizmatlarni imtiyozli yuklab joʻnatishni toʻxtatishga majbur boʻlayotganligidan shikoyat qilishmoqda.

SKga kiritilishi taklif etilayotgan koʻpgina normalar ushbu yangiliklar bilan bogʻliqdir. Bunda tajribadan ayon boʻldiki, barcha dasturiy komplekslar qoʻshimcha ishlab chiqishni talab etadi. Ularning tayyorlik darajasiga qaraydigan boʻlsak, yakunlanishiga ancha vaqt bor.

Soliq kodeksida mazkur yangi axborot tizimlari barcha uchun qat’iy tartibda qoʻllanilishi shartligi belgilansa, qanday ishlashimiz kerak?

Tuzatishlar matni qaytadan QHTBTda berilishi lozim deb hisoblayman. Mutaxassislar birinchi oʻqishdan keyin ushbu hujjatning mazmunini endi anglashni boshladilar. Jamoatchilik tomonidan bildirilgan izohlar va takliflar yanada sifatli va maqbul qonunning qabul qilinishiga xizmat qiladi».

Oleg GAYeVOY tayyorladi.


Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text176722_soliq_kodeksiga_uzgartirish_va_qushimchalar_loyihasi_qaerda_qoldi