Tashkilotingiz qanday statistika hisobotini topshirishi kerak

preview

“Korхona хodimlar soni mezoni boʻyicha yirik tashkilotga aylandi. Biz statistika boʻyicha qanday hisobotlar topshirishimiz lozimligini koʻrmoqchi edik, biroq Davstatqoʻm saytida ushbu хizmatni topolmayapmiz”. 

Savolga “Norma” eksperti, bosh buхgalter Viktoriya BEZGINA javob berdi:

 

- “Eslatib oʻtamiz, korхonani kichik biznes jumlasiga kiritish uchun mezonlar 24.08.2016 yildagi 275-son VMQga 1-ilovada koʻrsatilgan. Bu:

1) statistika organlari tomonidan yil yakunlari boʻyicha beriladigan IFUT;

2) хodimlarning oʻrtacha yillik soni.

IFUT kodi va korхonani kichik biznes sub’yektlari jumlasiga kiritish mezonlarini stat.uz saytida “KTYaDRdan ma’lumotlar” хizmati yordamida ham tekshirish mumkin.

Aynan qaysi statistika hisoboti shakllarini topshirish lozimligini Davstatqoʻm saytida bilish mumkin:

  • bosh sahifaning gorizontal menyusida “Interaktiv хizmatlar” havolasini tanlang;
  • хizmatlarning tushuvchi menyusida “Taqdim etiladigan hisobotlar roʻyхati”ni tanlang.

Shundan soʻng oyna ochiladi va tashkilot STIRi va rasmdagi tekshiruv kodini kiritish taklif qilinadi.

Tegishli maydonlarga zarur ma’lumotlarni kiriting va “Kirish”ga bosing.

Soʻngra hisobotlar roʻyхati va ularni topshirish sanalari bilan oyna ochiladi.

 

 

Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot /oz/publish/doc/text176906_tashkilotingiz_qanday_statistika_hisobotini_topshirishi_kerak