QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning yangi satri qanday ishlaydi

preview

Hisob-kitobning 3-ilovasiga yangi satr - 04033 qoʻshildi. U kelib tushmagan chet el valyutasi tushumiga toʻri keladigan hisobga olinadigan QQS summasini qoʻlda aks ettirish uchun moʻljallangan. Ayni paytga qadar bunday ma’lumotlar avtomatik tarzda toʻldirilgan.

 

Satr oʻtgan yil uchun valyuta tushumlarini oʻz vaqtida ta’minlab kelgan va eksport shartnomalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi boʻlmagan intizomli soliq toʻlovchilar uchun moʻljallangan.  Ular uchun 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) QQS summasini soliq toʻlovchining Oʻzbekistondagi bank hisobvaragʻiga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hisobga olish tartibi oʻrnatilgan .

Agar QQS summasini hisobga olishning ushbu tartibini qoʻllash huquqiga ega boʻlmagan soliq toʻlovchilar satrni toʻldirishga urinishsa, dastur ularga hisobot topshirish imkonini bermaydi va “Xatolik” хabarini chiqaradi.

Manbaga qarang.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text177333_qqs_hisob-kitobiga_3-ilovaning_yangi_satri_qanday_ishlaydi