DSQ “soliq uzilishi” formulasini oʻzgartirdi

preview

2022 yil 1 fevraldan soliq uzilishi koeffitsiyentini hisoblash formulasiga oʻzgartirishlar kiritildi: hisob-kitobdan soliq imtiyozlari va QQSning nol stavkasini qoʻllash bilan bogʻliq tushum summalari chiqarib tashlandi. Natijada 13 mingta soliq toʻlovchilarda uzilish koeffitsiyenti pasaydi.

 

Soliq idorasining ta’kidlashicha, soliq uzilishi koeffitsiyenti:

  • QQS toʻlovchisi guvohnomasi holatiga ta’sir etmaydi;
  • aхborot tusiga ega;
  • insofli soliq toʻlovchilarga kontragentlarni tanlashda lozim darajada ehtiyotkor boʻlishga yordam beradi.

Soliq uzilishi koʻrsatkichlarini soliq toʻlovchilar e’tiboriga yetkazish, idoraning ma’lumotlariga koʻra, 32 mingdan ortiq soliq toʻlovchilarda “QQSning uzilishi nuqtalari” sonini qisqartirish imkonini berdi. Bu ularning kontragentlarida toʻlov intizomini yaхshilash, shuningdek, imtiyozli aylanmalarni toʻgʻri aks ettirish hisobiga roʻy berdi. Respublika boʻyicha soliq uzilishi koʻrsatkichi 0,37 dan 0,22 gacha pasaydi.

Uzilish koeffitsiyenti haqida quyidagi materiallarda batafsil oʻqing:

 

Manbaga qarang.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text178315_dsq_soliq_uzilishi_formulasini_uzgartirdi