MXIK bilan ishlash va bundan naf koʻrish

preview

2022 yil 1 sentyabrga qadar soliq toʻlovchilarga notoʻgʻri MXIKlar uchun jarima solinmaydi. Sement, shisha, yogʻoch va paxtaga tegishli xoʻjalik operatsiyalari bundan mustasno. 2022 yil yakuniga qadar ishchi guruhlar tashkil etiladi, tovarlar va xizmatlar katalogi ustida ishlash, bazaviy shartli birliklarni sodda va tushunarli shaklda belgilash va h.k. davom ettiriladi. Bunda nimalarni albatta hisobga olish lozimligini “TRI-S-AUDIT” auditorlik kompaniyasi direktori Cvetlana GOLOSOVA tushuntirib berdi:

 

– “MXIK borasida hotirjamlikka yoʻl qoʻymang - ularni hech kim bekor qilmadi, ular hali ham biz bilan.

Shuni ta’kidlashni istardimki, MXIK - bu Oʻzbekiston soliq organlarining ixtirosi emas, kimningdir injiqligi ham emas. Bu - Qozogʻiston, Rossiya va qator boshqa mamlakatlar tajribasi, u e’tiborga molik. Ular xarid ob’yektlarini biznes jarayonlarining barcha ishtirokchilariga va eng asosiysi - kompyuter texnologiyalariga tushunarli boʻlgan yagona namuna boʻyicha ta’riflash imkonini beradi. MXIK soliq ma’muriyatchiligini imtiyozlar va afzalliklar suiiste’mol qilinmasligi, soliq ma’muriyatchiligining alohida texnik yechimlari esa oʻrinsiz foydalanilmasligi uchun ancha xolis va haqqoniy qilish imkonini beradi. Ya’ni bu - barcha tadbirkorlar uchun teng raqobat imkoniyatlarini yaratish uchun muhim instrument.

 

Soliq toʻlovchi MXIKdan qanday naf olishi mumkin

Axborot xati chiqqanidan keyin MXIK avvalgidek hisobvaraq-fakturalar, onlayn-NKM cheklari va elektron hujjatlarning boshqa shakllarining majburiy rekvizitlari boʻlib qoladi.

Notoʻgʻri koʻrsatilgan MXIKlar uchun jarimalarning kechiktirilishidan aytarlik yengillik sezmadim - chunki bu kodlar amaliyotga mustahkam kirib kelgan va ularga e’tiborsiz munosabat xato uchun jarimadan koʻra ancha jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

1. Bugungi kunda MXIKga barcha soliq imtiyozlari bogʻlangan. Notoʻgʻri MXIKni qoʻysangiz, hech boʻlmaganda imtiyozdan foydalanish uchun toʻgʻri MXIK bilan tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishga toʻgʻri keladi.

2. Ayrim operatsiyalar boʻyicha DSQ qat’iy belgilangan MXIKlarni qoʻllashni tavsiya qilgan. Misol uchun - ijaraga beruvchi tomonidan kommunal xizmatlarga hisobvaraq-fakturalarni qayta taqdim etishda. Hammasi hisobotda toʻgʻri oʻtishi uchun buxgalterda bunday vaziyatda boshqa MXIKni koʻrsatish huquqi yoʻq.

3. Onlayn-NKT cheklari bilan ham hozir shunday vaziyat yuzaga kelganki, xatolar, shu jumladan MXIKda xato mavjud emasligi yuzasidan sozlamani uch marotaba qayta tekshirasiz. Gap faqat jarimalarda emas. Axir xaridorlar 04.10.2021 yildagi PQ-5252-son qaror boʻyicha keshbek huquqiga faqat toʻgʻri MXIKli cheklarda koʻrsatilgan tovarlar boʻyicha ega boʻlishadi. Agar xaridorlar ilgari cheklarga e’tibor berishmagan boʻlsa, hozir ular Soliq mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida ularni diqqat bilan oʻrganishadi.

4. Cheklarda aniqlanadigan kamchiliklar ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda. Bu chek bergan kompaniyaning obroʻsiga salbiy ta’sir qiladi, mijozlarning unga nisbatan ishonchi yoʻqoladi.

Iste’molchilarning tushunchasi ham sekin-asta oʻzgarmoqda - ular toʻgʻri chek beradigan savdo tarmoqlariga ketishmoqda. Bu yerda “psixologiya” ishlayapti: madomiki sotuvchi chekda hammasini toʻgʻri koʻrsatdimi, demak, hech narsani yashirishga hojat yoʻq, u halol ishlayapti, unda tovarlar tekshirilgan, sifatli.

Men tadbirkorlarda MXIKga nisbatan munosabat oʻzgarayotganligini sezdim. Yaqingacha MXIK buxgalterlar va tovarlar bilan muomala qiladigan xodimlar uchun foydasiz yuklama sifatida qabul qilinar edi. Hozir esa eng ilgʻor tadbirkorlar oʻz tovarlarini bozorda ilgari surish uchun undan foydalanishni boshlashmoqda. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda supermarketlar yirik tarmoqlaridan birining rahbari chiqishini koʻrdim. U oʻzining doʻkonlarida xarid qilishda barcha foydalanishi mumkin boʻlgan imkoniyatlardan foydalangan holda sarflangan summaning 6%dan ortigʻini qaytarish mumkinligi haqida soʻzlab berdi! Soliq organlaridan 1% keshbek bunday qaytarishning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Uning ishonch bilan ta’kidlashicha, xaridor ushbu 1%ni uning doʻkonlari cheklari boʻyicha oladi, sababi uning kassa apparatlari qonunning barcha normalari boʻyicha sozlangan.

 

Qanday qilib MXIKni tadbirkor uchun yanada qulay instrumentga aylantirish mumkin

Moliya vazirligi va DSQning axborot xatida MXIK tizimini keng koʻlamda takomillashtirish e’lon qilindi. Bu juda yaxshi! Buxgalterlar bu ishdan nimani kutishadi?

1. MXIK batafsil va barchaga tushunarli boʻlgan reglamentlarga ega boʻlishi kerak. Ularda kodlar qanday shakllantirilishi, ular tovarga qanday berilishi va yakuniy iste’molchiga qadar uning butun yoʻlida qanday qoʻllanilishi aniq yozilgan boʻlishi kerak.

2. Boshqalar qatorida, ularda imtiyozlar, oʻlchov birliklari va boshqa har qanday atributlarning MXIKga bogʻlanishi qoidalari yozilishi lozim. Bu raqamli markirovkalash uchun yaratilganga oʻxshash batafsil qoidalar boʻlishi kerak. Bugungi kunda barcha ushbu nozik jihatlarni DSQ asosan videoroliklar yordamida tushuntirishga harakat qilmoqda. Biroq buxgalter aniq tushunishi uchun hammasi batafsil bayon etilgan hujjat zarur.

3. Ma’lumki, hozir katalog shakllantiriladi. Bu biz yangi MXIKlarni olishimizni anglatadi. Yaratilgan  va foydalanilayotgan MXIKlarga tegmaslikka harakat qilish kerak. Zarurat boʻlganda - yangi MXIKlarni joriy qilish lozim, tadbirkorlar oʻz vaqtida sozlashni amalga oshirishlari uchun ularni oʻz vaqtida e’lon qilish kerak.

4. Ishlab chiqaruvchidan (importyordan) yakuniy iste’molchiga qadar tovar harakatining butun zanjirida MXIKni qoʻllashni maksimal darajada avtomatlashtirish juda muhimdir. Xususan, axborotlarni kiritishda EHF tizimidan onlayn-NKT tizimiga oʻtkazish zarur boʻlgan tovarning ulgurji tarmoqdan chakana tarmoqqa tushish payti ancha murakkab koʻrinadi. Bugun sotuvchi har bir tovar boʻyicha MXIKni onlayn-NKM xotirasiga qoʻlda kiritishi kerak. Aynan shu bosqichda bexos xatolar yuzaga kelishi mumkin. Hamma tadbirkorlarda ham shoshilmasdan axborotni onlayn-NKMga kiritish bilan shugʻullanadigan alohida xodimni yollash uchun resurslar mavjud emas. Tan olish kerak, bugungi kunda   faqat yirik savdo tarmoqlari bunday imkoniyatga ega.

Ushbu jarayonni avtomatlashtirish mumkin, deb hisoblayman. Variant sifatida - MXIKli tovarlarni hisobvaraq-fakturalar tizimidan soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining “Onlayn-NKM va virtual kassalar boʻyicha axborot” interaktiv xizmatiga yuklab olish imkoniyatini nazarda tutish mumkin. U yerdan esa - avtomatik tarzda onlayn-NKM yoki virtual kassaga oʻtkaziladi.

Umuman, buxgalter shaxsan MXIK  bilan muomala qiladigan holatlarini minimallashtirish lozim. U tovarning ishlab chiqaruvchidan (importyordan) chiqishida faqat bir marta muomalada boʻlsa, shuning oʻzi ayni muddao boʻladi. Qolgan barchasini esa kompyuter va avtomatika bajarishi kerak”.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

Tovar va xizmatlar kodlari Oʻzbekistonda: tasniflash, kod berish, EHF tovar kodlari, xizmatlar kodlari, TN VED, ESF kodlash, kod tanlash, nomenklatura Tovar va xizmatlar kodlari: qanday tartibda belgilanadi, qanday kod tanlanadi, ESFda qanday aks ettiriladi va xatolar qanday tuzatiladi. Kodlash tartibi, nomenklatura, normativ hujjatlar va amaliy tavsiyalar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text178555_mhik_bilan_ishlash_va_bundan_naf_kurish