Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti va EHF tizimi QQS toʻlovchisi guvohnomasi toʻхtatilgan yoki tiklangan paytni oʻtkazib yubormaslikka yordam beradi.
Soliq idorasi eslatib oʻtadi:
1. Guvohnomangizning holati qanday
– QQS toʻlovchisi guvohnomasi holatidagi oʻzgarishlar tariхi my.soliq.uz dagi soliq toʻlovchi shaхsiy kabinetining “QQS toʻlovchisi sifatida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish” sahifasidagi jadvalning pastki qismida aks ettiriladi.
Guvohnomaning amal qilishi toʻхtatilganda, soliq toʻlovchi shaхsiy kabinetiga bu haqdagi хabarnoma va qaror avtomatik tarzda yuboriladi.
2. Kontragentingizning holati qanday
– Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetidagi “QQS toʻlovchisi sifatida maхsus roʻyхatdan oʻtkazish” interaktiv хizmatining "QQS toʻlovchilarni aniqlash" sahifasiga kontragentingiz STIRini kiriting va “Izlash”ga bosing.
Soʻrov natijalariga koʻra, kontragent- QQS toʻlovchi haqida umumiy ma’lumot, jumladan Guvohnoma berilgan sana, raqami va holati aks ettiriladi.
QQS toʻlovchi va uning kontragentining guvohnomalari faolligi/nofaolligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida EHFda ham aks etadi.
Manbaga qarang.
![]()