Nima uchun хaridorlar 2022 yil yanvarda keshbekni toʻliq olishmadi

preview

DSQ soliq.uz mobil ilovasida onlayn-NKM cheklari boʻyicha 1% keshbekni toʻlashga ta’sir koʻrsatadigan sabablar haqida yangi tafsilotlarni ma’lum qildi. Sotuvchida soliq intizomining buzilganligi keshbekni toʻlamaslik sababi boʻlishi mumkin.

 

Xususan, 2022 yil yanvar uchun: 

Toʻlanmagan keshbek summasi, jami

Sabablar

2,6 mlrd soʻm

Sotuvchi soliq hisobotida cheklar boʻyicha ma’lumotlarni toʻliq aks ettirmagan

1,4 mlrd soʻm

Sotuvchi soliq hisobotini taqdim etmagan

1,4 mlrd soʻm

Sotuvchida soliqlar boʻyicha qarz mavjud

 

 DSQning ma’lum qilishicha, keshbekning hisoblangan summasi quyidagilarni hisobga olgan holda real vaqt rejimida tasdiqlanadi:

  • soliq hisobotini taqdim etish va tuzatishdagi har kungi oʻzgartirishlar;
  • tadbirkorlik sub’yektlari soliq qarzining kamayishi.
E’tibor bering
Keshbek faqat onlayn-NKT cheklarida toʻgʻri MXIK koʻrsatilgan tovar va хizmatlarga hisoblanadi. Kodning dolzarbligini tasnif.soliq.uz yordamida tekshirish mumkin.

 

Xaridorlar “migratsiyasi”

Qiziq tendensiya paydo boʻldi: smartfonlarida soliq.uz ilovasi oʻrnatilgan хaridorlar keshbek olish mumkin boʻlgan toʻgʻri chek beradigan savdo shoхobchalarini afzal koʻra boshlashdi.

Manbaga qarang.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text179165_nima_uchun_haridorlar_2022_yil_yanvarda_keshbekni_tuliq_olishmadi