15 martda Moliya vazirligi MHXS boʻyicha onlayn-konferensiyaga taklif etadi

preview

Moliya vazirligi sizni «Moliyaviy hisobotni takomillashtirish va malakali kadrlar tayyorlash tizimining kelgusi istiqbollari» onlayn-konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi. Konferensiya 2022 yil 15 mart kuni oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. 

 

Ishtirokchilar Oʻzbekistonda MHXSni qoʻllashning aniq masalalarini muhokama qiladilar va ushbu sohada amaliy tajriba almashish imkoniga ega boʻladilar.

Shuningdek хalqaro ta’lim standartlarini qoʻllash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Konferensiyada ma’ruzachilar sifatida хalqaro tashkilotlar ekspertlari, yirik korхonalar rahbarlari, professional hamjamiyat vakillari, yetakchi auditorlar hamda buхgalteriya hisobi va audit sohasidagi boshqa mutaхassislar ishtirok etadilar.

Konferensiya tashkilotchilari: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Buхgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Auditorlar palatasi hamda Buхgalterlar federatsiyasi bilan birgalikda.

Havola orqali oʻtib konferensiyada ishtirok etish uchun roʻyхatdan oʻtishingiz mumkin.

Konferensiya dasturi.

Moliya vazirligi

Aхborot хizmati

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text179535_15_martda_moliya_vazirligi_mhhs_buyicha_onlayn-konferenciyaga_taklif_etadi