Pandemiya davrida toʻxtatib turilgan jarima sanksiyalari toʻlanishi lozimmi

preview

2020 yilda hisoblangan soliqlar boʻyicha tekshiruvlar natijasida belgilangan jarima va penyalar toʻlovi toʻxtatilganmi yoki ularni toʻlash lozimmi? Bu masala haqida DSQ Soliq qarzini undirishni tashkil qilish departamenti direktori Dilshod YuLDAShEV tushuntirib berdi:

 

– 2022 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda 2020 yil 31 dekabrdagi holatga koʻra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar boʻyicha penya hisoblash choralari koʻrilmaydi:

  • faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha;
  • 2020 yilda hisoblangan va vaqtincha qiyinchiliklar munosabati bilan yuridik shaxslar tomonidan toʻlanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha;
  • 2020 yil 15 maydagi holatga koʻra qarzdorligi mavjud boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha .

Korxona soliq organiga toʻlanadigan soliqlar summasi oshirilgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan taqdirda ushbu normalarni qoʻllash muddati 2022 yil 1 yanvarda tugaganligi sababli shaxsiy kartochkalarda ham 2021 yil uchun soliq qarzi aks ettiriladi va penya hisoblanadi.

 

 

Imtiyozlar: soliq hisobi — maslahatlar Imtiyozlar Imtiyozlar (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text179737_pandemiya_davrida_tuhtatib_turilgan_jarima_sankciyalari_tulanishi_lozimmi