Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
. Nimalar oʻzgardi?
Birinchidan, oʻqish uchun toʻlovga imtiyoz qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ta’lim tashkilotlari tushunchasiga aniqlik kiritildi. Endi “Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida” degan soʻzlar qoʻllaniladi. Keyingi oʻrinlarda qanday tashkilotlar oliy ta’lim tashkiloti, qandaylari esa pofessional ta’lim tashkilotlari hisoblanishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Ikkinchidan, endi soliq chegirmasi ta’lim kreditlari boʻyicha toʻlanadigan foizlar summalariga ham tatbiq etiladi.
SKning 378-moddasi 21-bandiga muvofiq soliq toʻlovchining soliq davri davomida quyidagilarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan, 8 BHMgacha boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlariga ham soliq chegirmasi qoʻllaniladi:
- хalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini – tegishli хalqaro tashkilot a’zosi sifatida bunday badallarning toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat mavjud boʻlganda;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga toʻlovlarni – kursni tugatganlik toʻgʻrisida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud boʻlganda.
![]()