2022 yil 1 apreldan nimalar oʻzgaradi

preview

2022 yil 1 apreldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi, shu jumladan - soliq sohasidagi oʻzgartirishlarning navbatdagi toʻplami kuchga kiradi. Ularni norma.uz portali umumlashtirdi.

 

IT-park rezidentlariga imtiyozlar

IT Park axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 1 apreldan boshlab Texnopark rezidentlari yangi imtiyozlarga ega boʻlishdi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • IT Park xorijiy ta’sischilari dividendlaridan olinadigan foyda soligʻi stavkasini 10%dan 5%gacha kamaytirish;
  • xorijiy mutaxassislar uchun mehnat faoliyatiga ruxsatnoma olish talabini bekor qilish;
  • ishlar (xizmatlar) eksporti tushumlari doirasida oʻzlarining xorijiy ta’sischilari va mutaxassislariga dividendlar va ish haqini ularning debet kartalariga xorijiy valyutada toʻlash imkoniyati;
  • ofis maydoniga ega boʻlish talabini bekor qilish, faqat hisobga qoʻyilgan virtual ofisdan foydalanish imkoniyati.

Mavzuga doir tavsiya:


Aksiya va obligatsiyalar egalari uchun soliq imtiyozlari

2024 yil 31 dekabrgacha :

  • Oʻzbekistonning rezidenti va norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinadi;
  • norezidentlar – yuridik shaxslarning aksiyalari boʻyicha dividendlar shaklida hisoblangan daromadlar boʻyicha foyda soligʻining 5% stavkasi qoʻllaniladi;
  • rezidentlar va norezidentlar – jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik birlashmalarining obligatsiyalari boʻyicha hisoblangan foizlar koʻrinishidagi daromadlari JShDS va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod qilinadi.

 

Talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish moliyaviy qoʻllab-quvvatlanadi

Ushbu maqsadlar uchun marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish jarayonlarida texnologik koʻmaklashish, xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalari tomonidan jihozlarni oʻrnatish va ishga tushirishga mablagʻlar olish mumkin .

 

Turizm sohasi sub’yektlariga soliq imtiyozlari 

2025 yil 1 yanvarga qadar tuman va shaharlarda turizm hududlarida roʻyxatdan oʻtgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, koʻngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun:

  • aylanmadan olinadigan soliq stavkasi - 1%;
  • PQ-104-son qarorga ilovada koʻrsatilgan hududlardagi ob’yektlar boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi miqdorlari - mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1%i miqdorida belgilandi.

 

Milliy musiqa cholgʻu asboblarini ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari 

Milliy musiqa cholgʻu asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60%ini tashkil etadigan tashkilotlar uchun aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi.

 

Daraxtlarni yoʻq qilish boʻyicha fotosurat va videoyozuvlar uchun mukofot

Aholi tomonidan IIV va Davlat ekologiya qoʻmitasiga yuborilgan, daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish boʻyicha huquqbuzarliklar haqidagi fotosurat va videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari aks ettirilgan fotosurat va videoyozuvlarga tenglashtiriladi.

Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat boʻyicha huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan BHMning 1 baravariga teng miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;

 

Baliq yetishtirivchilarga oʻqish uchun subsidiya 

Jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda bir martalik subsidiya ajratiladi. 

 

Nogironlik nafaqasi hamda pensiyasining miqdori oshiriladi

Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 440 000 soʻmdan 622 000 soʻmgacha oshirildi.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 000 soʻm miqdorida parvarishlash nafaqasi toʻlanadi.

 

Avtomobilni sotib olishda hisob-ma’lumot - faqat elektron tarzda

"UzAuto Motors" AJ tomonidan avtomobil vositasini xarid qilish boʻyicha shartnoma tuzgan shaxsga rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumot YHXBga taqdim etiladi.

  

Tadbirkor xotin-qizlarga subsidiya

Tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 mln soʻmdan 10 mln soʻmga oshiriladi.

“Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40% tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi. 

Norma.uz, it-park.uz materiallari asosida


Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text180083_2022_yil_1_apreldan_nimalar_uzgaradi