Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
30 aprel
- 2022 yil uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun hisob-kitobni - joriy soliq davrining 1 mayiga qadar taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 431-m. 1-q.).
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliq quyidagi tartibda toʻlanadi (SK 432-m. 3-q.):
- 2022 yilning 1 sentyabriga qadar - yillik soliq summasining 30%i;
- 2022 yilning 1 dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi.
- 2022 yil uchun dehqon хoʻjaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 448-m. 7-q.)
___________________
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-8-q.) (SK 86-m. 6-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi