Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Korxona naqd pul mablagʻlari bilan bogʻliq operatsiyalarini reglamentlashi kerakmi
Kassa operatsiyalarini qanday hisobga olish, hujjatlarni qanday NHHlar asosida tuzish va pul mablagʻlarini hisobga olish boʻyicha lokal hujjatni ishlab chiqishda nimalarni hisobga olish haqida Profi Training biznes-treneri Yuliya PAKIDIShEVA (ACCA DipIFR, CAP) gapirib berdi:
– Naqd pul mablagʻlarini hisobga olish uchun quyidagilarning shaklini ishlab chiqish va tasdiqlashni tavsiya qilaman:
- kirim, chiqim kassa orderlari shakllarini;
- chiqim qaydnomalari shakllarini;
- xarid dalolatnomalari shakllarini;
- boʻnak hisobotlari va hokazolar shakllarini.
Ichki hujjatlar aylanishini ishlab chiqishda Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizom moʻljal olishga yordam beradi.
1. Naqd mablagʻlar korxona kassasiga quyidagi tarzda kelib tushadi:
- bank kassasidan - chek boʻyicha;
- xaridorlar va buyurtmachilardan;
- hisobdor shaxslardan, masalan, foydalanilmagan summa;
- xodimlardan, masalan, zararni qoplashda yoki qarzni qaytarishda;
- ta’sischilardan, masalan, UFga hissa, qarz yoki korxonaga moliyaviy yordam koʻrsatish tarzida.
2. Naqd mablagʻlar kelib tushganda:
Kassir kirim kassa orderini (KKO) va unga kvitansiyani rasmiylashtiradi. Kirim orderi kassa hujjatlarida qoladi, kvitansiya xaridorga beriladi yoki bank hujjatlariga biriktiriladi.
KKO korxonaning kassa kitobida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Har bir kirim va chiqim orderi tartib raqami va hujjatni rasmiylashtirish sanasiga ega boʻlishi kerak.
3. Naqd pul mablagʻlari quyidagilarga beriladi:
- korxona xodimlariga;
- ta’sischilarga;
- fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnoma boʻyicha ishlarni bajaruvchi shaxslarga;
- oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga bajarilgan ishlar uchun;
- inkassatorga (bankka tushumni topshirish);
- kassirga yoki boshqa ishonch bildirilgan xodimga naqd pullarni xizmat koʻrsatuvchi bankka mustaqil ravishda topshirish uchun.
Pul mablagʻlari chiqim kassa orderlari (ChKO) asosida yoki chiqim qaydnomasi boʻyicha beriladi.
E’tibor bering
Lokal hujjatda quyidagilarni yozing:
- naqd pul mablagʻlarini kassada saqlash muddati;
- pul mablagʻlarini sarflash tartibi - maqsadi koʻrsatilgan holda;
- ilgari boʻnak uchun berilgan pul mablagʻlarini qaytarish tartibi va muddatlari;
- FHX shartnoma boʻyicha ishlarni bajaruvchi va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga mablagʻlarni berish tartibi;
- korxona kassasida ortiqcha pul mablagʻlari toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik;
- ular asosida pul mablagʻlari beriladigan hujjatlar.
ChKO yoki chiqim qaydnomalari korxona bosh buxgalteri, rahbari va kassiri tomonidan imzolanadi.
Boshlangʻich hisob hujjatlariga xoʻjalik operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishi mumkin emas. Bank va kassa pul hujjatlarida tuzatishlar hamda oʻchirib yozishlarga yoʻl qoʻyilmaydi
.
Pullarni qabul qilish hamda berish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar rahbar tomonidan yoki u belgilaydigan shaxslar tomonidan imzolanadi
.
Korxona kassiri bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzish tavsiya qilinadi. Kassirning lavozim yoʻriqnomasini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda unda majburiyatlar va pul mablagʻlarini olish va topshirish, ularni saqlash va sarflash qismida ichki reglament lozim darajada bajarilmagan taqdirda jarima sanksiyalarini yozish maqsadga muvofiqdir.
Agar korxona naqd pullar bilan keng koʻlamda va muntazam ishlamasa (masalan, ular bilan bogʻliq kassa operatsiyalari xodimlarga ish haqi berish va h.k. bilan cheklansa), kassir majburiyatlarini u bilan kelishilgan holda - korxonaning har qanday xodimiga yuklash mumkin.
Korxonada kassir majburiyatlarini har qanday xodim, jumladan direktor yoki bosh buxgalter bajarishi mumkin.
4. Kassa qoldigʻi limiti
Korxona xizmat koʻrsatuvchi bank bilan birgalikda korxona kassasida naqd pul qoldigʻi limitini oʻrnatadi. Agar bu amalga oshirilmasa, limit "nolga teng" va bankka topshirilmagan naqd pullari "limitdan ortiqcha naqd pullar" deb hisoblanadi
.
Yanvar davomida ish vaqti oxiriga kassada naqd pullar qoldigʻini topshirish tartibi va muddatlari boʻyicha 2 nusxada ma’lumotnoma-hisob-kitobni toʻldiring
. Mazkur hujjat xizmat koʻrsatuvchi bank bilan kelishiladi. Bir nusxasini korxona bankda qoldiradi, ikkinchisini ichki hujjatlarga biriktirib qoʻyadi.
Agar pullarni topshirish shartlari yoki kassa aylanmalarining miqdori bir yil davomida oʻzgarsa, kassa limitini qayta koʻrib chiqish mumkin.
5. Naqd pul mablagʻlarini bankka topshirish tartibi
Korxona pul mablagʻlarini topshirish grafigini oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi (kun ora, haftada bir marta, bir oyda bir marta va h.k.). Mustaqil ravishda yoki inkassatsiya xizmati orqali topshirish mumkin
.
Bunda, agar korxonada oʻrtacha kunlik tushum
:
- BHMning 20 baravaridan ortiq miqdorda (joriy paytda 5 400 000 soʻm) boʻlsa, tushum inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshiriladi;
- BHMning 20 baravaridan kam boʻlsa - naqd pullarni topshirish grafigini ishlab chiqish zarur.
6. Saqlash
Naqd pullarning kassada saqlanishi uchun korxona mustaqil ravishda javob beradi. Alohida xona tarzida maxsus jihozlangan kassa toʻgʻrisidagi talab - eskirgan. Biroq sizda naqd pullarni saqlash uchun maxsus qurilma (seyf, yonmaydigan shkaf) boʻlishi kerak. Seyf kalitlarini saqlash, tasarruf etish va berishni lokal hujjatda yozing. Agar pul mablagʻlari qoldigʻi limiti katta miqdorda boʻlsa yoki korxonaning ichki tahlili boʻyicha, kechki inkassatsiyadan soʻng seyfda koʻp miqdorda pul summasi qolsa, qoʻriqlash uchun shartnoma tuzish tavsiya qilinadi.
7. Inventarizatsiya
Kassani inventarizatsiyadan oʻtkazishni 19-son BHMS “Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish”ga muvofiq amalga oshiring
:
Kassani inventarizatsiyadan oʻtkazishda kassada pul mablagʻlari va boshqa boyliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. “Yoʻlda boʻlgan” pul mablagʻlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish uchun, buxgalteriya hisobi schyotlaridagi summalar bank muassasalari kvitansiyalaridagi ma’lumotlar, inkassator xizmatlari kvitansiyalari va h.k. bilan taqqoslanadi.
Kassadagi naqd pul qoldigʻiga hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar kiritilmaydi. Kassada mazkur xoʻjalik sub’yektiga tegishli boʻlmagan pul mablagʻlari va boshqa boyliklar mavjudligi toʻgʻrisida kassirning bayonoti e’tiborga olinmaydi.
Bankda (hisobvaraqlar va joriy schyotlar, akkreditivlar, maxsus, alohida va boshqa schyotlarda) boʻlgan pul mablagʻlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishda, buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobda boʻlgan summalar qoldigʻi bank koʻchirmasi boʻyicha ma’lumotlar bilan taqqoslanadi.
8. Javobgarlik choralari
Tashkilotning mansabdor shaxslari kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga rioya qilmaganlik uchun BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin
.
Sizni quyidagilar uchun jazolashlari mumkin, agar:
- tashkilotning naqd pul mablagʻlarini kassaga kirim qilmasangiz yoki toʻliq kirim qilmasangiz;
- kassada belgilangan limitdan ortiqcha naqd pullarni saqlasangiz;
- naqd pullarni bankdan olgan maqsaddan boshqa maqsadda ishlatsangiz;
- pul mablagʻlarini saqlash qoidalariga rioya qilmasangiz.
Sizga tavsiyalarimiz foydali boʻlishi mumkin:
![]()