Nima uchun soliq toʻlangandan soʻng qarz va penya paydo boʻladi

preview

Soliq toʻlovchi soliqni toʻladi, biroz vaqt oʻtgach, qarz va hisoblangan penya haqida xabar topdi. 

DSQ nima uchun bunday vaziyatlar yuzaga kelishini, bunday holat roʻy berganda nima qilish va qanday qilib shunga oʻxshash muammolarning oldini olishni tushuntirdi.

 

Qarz va penya, qoidaga koʻra, “bank-mijoz” orqali toʻlovni amalga oshirganda - soliq toʻlovchi soliqning notoʻgʻri gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamini koʻrsatganligi tufayli paydo boʻladi. Pullar boshqa joyga kelib tushadi, axborot tizimlari esa buni soliq toʻlanmagan, deb hisoblaydi. SKning 110-moddasiga muvofiq bu holda penya hisoblanadi.

 

Nima qilish kerak

1. Soliq va penyani toʻgʻri gʻaznachilik hisob raqamlariga imkon qadar tezroq toʻlang.

2. Boshqa shaxsiy hisob raqamiga xato tarzda toʻlangan pullarni qaytarish uchun my.soliq.uz da soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining “YuShning ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summalarini qaytarish va hisobga olish” interaktiv xizmati orqali ariza bering.

E’tibor bering
SKning 104-moddasiga muvofiq ortiqcha toʻlangan summalar siz ariza berganingizdan keyin 15 kun ichida sizga qaytariladi.

 

Qanday oldini olish mumkin

Soliqlarni my.soliq.uz da soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining “Yuridik shaxslar soliqlarni toʻlash” interaktiv xizmati orqali toʻlang. Bu holda toʻlov topshiriqnomasini shakllantirishda siz minimal satrlarni toʻldirishingizga toʻgʻri keladi va eng asosiysi - soliqning va hududiy soliq organining gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlari uchun moʻljallangan satrlar avtomatik tarzda toʻldiriladi. Xato - istisno qilingan.

Agar siz boshqa toʻlov tizimlari yordamida toʻlovni amalga oshirishga qaror qilsangiz, toʻlov topshiriqnomasini joʻnatishdan oldin barcha shaxsiy hisob raqamlarini tekshiring. Xususan - soliqning va hududiy soliq organining gʻaznachilik hisob raqamlari my.soliq.uz da shaxsiy kabinetda toʻlov topshiriqnomasini shakllantirishda avtomatik tarzda koʻrsatiladiganlar bilan mos kelishi kerak.

Manbaga qarang.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish Soliq va bojxona majburiyatlarini bajarish /oz/publish/doc/text180586_nima_uchun_soliq_tulangandan_sung_qarz_va_penya_paydo_buladi