Tovar qarzi shartnomasi boʻyicha aksiz toʻlanadigan tovar topshirilganda

preview

“A” korxonasi “B” korxonasiga tovar qarzi shartnomasi boʻyicha 1 oy muddatga dizel yoqilgʻisini topshirdi. Toʻlovsiz EHF rasmiylashtirildi. “A” korxonasi dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarmaydi, “B” korxonasi - uni olib sotmaydi, oʻz maqsadlarida ishlatadi. Ikkala korxona QQS toʻlaydi. 

Bu holda qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishini “Javob beramiz!” ma’lumot xizmati ekspertlari tushuntirishdi: 

 

Aksiz soligʻi

– Dizel yoqilgʻisi - aksiz toʻlanadigan tovar. Uni tovar qarzi shartnomasi boʻyicha yakuniy iste’molchiga topshirishga aksiz soligʻi solinadi .

Dizel yoqilgʻisini yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda qat’iy summada aksiz soligʻi stavkalari belgilangan . Soliq bazasi - topshirilgan dizel yoqilgʻisining naturada ifodalangan hajmi .

 

QQS

Tovar qarzi shartnomasi boʻyicha tovarni topshirish - bu QQS solinadigan realizatsiya qilish boʻyicha aylana .

Soliq bazasi - aksiz soligʻini hisobga olib, unga QQSni kiritmagan holda, topshirishning shartnoma qiymati .

Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq toʻlovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli .

 

Foyda soligʻi

Agar korxona dizel yoqilgʻisini tannarxi va bilvosita soliqlar summasiga teng qiymat boʻyicha qarzga topshirsa, foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Agar topshirish qiymati tannarxi va bilvosita soliqlar summasidan oshsa, oshish summasi qarz beruvchining daromadi deb e’tirof etiladi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritiladi .

E’tibor bering

“Javob beramiz!” ma’lumot xizmati - bu “Norma” ekspertlari hamda Moliya vazirligi va DSQ mutaxassislaridan soliq solish va buxgalteriya hisobi boʻyicha javoblar olish uchun ajoyib imkoniyat.

Siz oʻz savollaringizni ushbu havola boʻyicha berishingiz mumkin. Sharti - siz “Norma” axborot mahsulotlaridan (“Soliq va bojxona xabarlari”, “Norma maslahatchi” gazetalari, Buxgalter Pro, “Norma. Qonunchilik” AQT, “Norma. Amaliy buxgalteriya” va boshqalar) birining foydalanuvchisi (obunachisi) boʻlishingiz kerak.

 

 

Aksiz soligʻi Oʻzbekistonda: stavkalar, hisob-kitob, toʻlash aksiz soligʻi, soliq stavkalari, hisob-kitob, toʻlov muddatlari, soliq hisoboti Aksiz soligʻi: qaysi tovarlarga qoʻllaniladi, qanday hisoblanadi, toʻlov muddatlari va hisobot topshirish tartibi. Soliq toʻlovchilari uchun imtiyozlar va amaldagi qonunchilik Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text181669_tovar_qarzi_shartnomasi_buyicha_akciz_tulanadigan_tovar_topshirilganda