Onlayn-NKM orqali vositachilik shartnomasi boʻyicha ma’lumotlarni olish mumkinmi

preview

Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi «Yuridik shaxsning onlayn-NKM va virtual kassa boʻyicha ma’lumotlari» interaktiv xizmatida yangi ilova – «Vositachi va komitentlar monitoringi» paydo boʻldi. Uning yordamida vositachilik shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilish hajmini kuzatish mumkin.

Bu qanday ishlashini buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ xodimlari aytib berishchdi.

 

Ilova quyidagilarga oylar boʻyicha ma’lumotlarni olish imkonini beradi:

  • komitentlarga – oʻzining har bir vositachisidan kelib tushgan tushumlar summasi haqidagi;
  • vositachilarga – har bir komitent bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha sotuvlar summasi haqidagi.

Kerakli ma’lumotni topish uchun:

1. My.soliq.uz dagi «Yuridik shaxsning onlayn-NKM va virtual kassa boʻyicha ma’lumotlari» interaktiv xizmatidagi «Vositachi va komitentlar monitoringi» ilovasini oching.

2. Qidiruv shartlarini toʻldiring (filtrdagi ustunlar):

  • shartnomaning qaysi ishtirokchisi (komitent yoki vositachi) haqida ma’lumot soʻralayotganini;
  • ma’lumot olinishi zarur boʻlgan davr (yil va oy);
  • qidirilayotgan komitent yoki vositachining STIRi yoki JShShIRi.

3. «Qidiruv» tugmasini bosing.

Ekranning pastki qismida jadvalda sizga kerakli ma’lumotlar aks etadi.

Manbaga qarang.

 

 

Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti Soliq toʻlovchining kabineti /oz/publish/doc/text182046_onlayn-nkm_orqali_vositachilik_shartnomasi_buyicha_malumotlarni_olish_mumkinmi