9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Tadbirkorlar tomonidan koʻpincha EHFda notoʻgʻri oʻlchov birliklaridan foydalanilgan mahsulotlarga DSQ qat’iy belgilangan oʻlchov birliklarini oʻrnatmoqda. Birinchi boʻlib bunday oʻlchov birliklari bugʻdoy, arpa, paxta chigiti, makkajoʻxori va paxta lintiga belgilandi.
Buxgalter.uz tovar qadoqlangan koʻrinishda realizatsiya qilinganda nima qilish kerakligini aniqlashtirdi.
Qat’iy belgilangan oʻlchov birliklari tovarning IFUTiga biriktirilgan boʻladi. Siz IFUTni koʻrsatganingizdan keyin tizim ushbu tovarga biriktirilgan oʻlchov birliklarini tanlashni taklif etadi.
Masalan, paxta chigitiga hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish kerak. 01207001002000000 IFUTni koʻrsatamiz, ochiladigan ilovadagi «Oʻlchov birliklari» ustunida faqat «kilogramm» yoki «tonna»ni tanlashimiz mumkin.
Belgilangan oʻlchov birliklari:
|
Mahsulot |
IFUT |
Oʻlchov birligi |
|
Bugʻdoy |
01001001001000000 |
Kilogramm, tonna |
|
Arpa |
01003001001000000 |
Kilogramm, tonna |
|
Paxta chigiti |
01207001002000000 |
Kilogramm, tonna |
|
Makkajoʻxori soʻtasi |
01005001001000000 |
Kilogramm, tonna, sentner, gramm |
|
Paxta linti |
01404001002000000 |
Kilogramm, tonna |
Tovar tashqi oʻramda realizatsiya qilinganda
Sizning tovaringiz qadoqlangan boʻlsa, tasnif.soliq.uz dagi «Oʻramni shakllantirish» funksionalidan foydalaning. Soʻngra oʻlchov birligi sifatida tegishli tarani koʻrsatishingiz mumkin.
Masalan, sizda qoplarga qadoqlangan bugʻdoy boʻlishi mumkin. Har bir qopdagi tovar ogʻirligi – 50 kg. Siz tasnif.soliq.uz da ushbu ogʻirlikni koʻrsatgan holda «qop» deb nomlangan tashqi qadoqni shakllantirasiz. Hisobvaraq-fakturani shakllantirishda nafaqat «kilogramm» yoki «tonna»ni, balki «qop»ni ham tanlashingiz mumkin boʻladi. Tizim ma’lumotlarga ishlov berayotganda sizda 1 ta qopda 50 kg xabarini qabul qiladi va barchasini avtomatik tarzda qat’iy belgilangan oʻlchov birligiga oʻtkazadi.
Shuningdek DSQda boshqa tovarlar boʻyicha oʻlchov birliklarini tahlil qilish davom etayotganligi ma’lum qilindi. Soliq toʻlovchilar toʻgʻri oʻlchov birliklaridan foydalanish boʻyicha manzilli yordam olishlari mumkinligi aytildi.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi