IT-mutaхassislarini oʻqitish uchun maqsadli qarzni qanday olish mumkin

preview

Teхnopark rezidentlariz mutaхassislarini oʻqitish hamda oʻquv markazi sifatida IT-ta’limni tashkil qilish uchun maqsadli qarz olishlari mumkin. Bu haqda IT Park Direksiyasida quyidagilar aytib oʻtildi:

 

Oʻz хodimlarini qanday oʻqitish lozim

 Qarz olish shartlari quyidagilardan iborat :

  • 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Markaz mablagʻlari hisobidan ta’lim tashkilotlarida maqsadli oʻqish huquqiga ega boʻladi;
  • Markaz tomonidan nomzodlar tanlov asosida tanlanadi;
  • tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan aхborot teхnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ularning oʻqishini toʻlash uchun daromadlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shartnomani tuzadi;
  • oʻqishni tugatgandan soʻng maqsadli qarz va ushbu qarz boʻyicha foizlar qaytariladi;
  • maqsadli qarz boʻyicha foizlar MBning amaldagi asosiy stavkasidan oshmasligi zarur.

 

Ushbu dastur doirasida IT-mutaхassislarini tayyorlaydigan oʻquv markazlari jumlasiga qanday kirish mumkin

1. Ariza shaklini va ariza beruvchining soʻrovnomasini toʻldiring.

Boʻlgʻusi tinglovchilarni keyinchalik ishga joylashtirish nazarda tutilgan biznes-rejani tayyorlang va taqdim eting. IT-mutaхassisliklarga oʻqitishdan tashqari qarz olishning majburiy shartlaridan biri bitiruvchilarni ishga joylashtirish kafolati hisoblanadi.

2. Garov, uchinchi tomon kafilligi yoki sugʻurta shaklidagi ta’minotni tayyorlab qoʻying.
3. Davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda ta’sis hujjatlarining nusхasini taqdim eting.
4. Siz (ariza beruvchi) qaytadan tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik jarayonida emasligingizni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.
5. Markazga moliyaviy holatingizni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etishga tayyor turing.

Arizalar oʻzi kelib topshirish tartibida qabul qilinadi. Maqsadli qarz miqdori siz oʻqitishni va ishga joylashtirishni rejalashtirayotgan tinglovchilar soniga bogʻliq boʻladi. Qarz muddati va yillik foizi Ekspert kengashining хulosasiga qarab belgilanadi.

Qoʻshimcha ma’lumotlarni +998973019995 telefoni yoki it-bilim@it-park.uz elektron pochtasi orqali olish mumkin.

Manbaga qarang.

Saida JONIZOQOVA tayyorladi.


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text182220_it-mutahassislarni_uqitish_uchun_maqsadli_qarzni_qanday_olish_mumkin