9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Xodimga 6 oy oʻtgach ta’til berishdi va ish yili uchun ta’til puli toʻlashdi. Ta’tildan soʻng xodim ishdan boʻshab ketdi. Undan toʻlangan ta’til pulining ishlanmagan qismini undirish mumkinmi? Buni “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA tushuntirdi:
– Agar xodim oʻz xohishiga koʻra uning hisobidan yillik haq toʻlanadigan ta’til berilgan ish yili tugamasdan turib ishdan boʻshasa, ish beruvchi uning ish haqidan ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun summani ushlab qolishga haqli. Buning uchun xodimning roziligi talab qilinmaydi.
Ta’til puli mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish yili uchun hisoblanadi
.
Masalan, xodim ishga 2020 yil 10 sentyabrda qabul qilingan. Unga ta’til puli quyidagi davrlar uchun hisoblanadi: 2020 yil sentyabr – 2021 yil sentyabr, 2021 yil sentyabr – 2022 yil sentyabr va hokazo.
Agar xodimga hisoblangan ish haqi qarzni soʻndirish uchun yetarli boʻlmasa, unga ortiqcha olingan summani ixtiyoriy ravishda qoplashni taklif qiling.
Rad etgan taqdirda ish beruvchi qarzni kechib yuborishi yoki uni sud tartibida undirishi mumkin.
Xodimga mehnat daftarchasini bermasdan, ishdan boʻshatishni rasmiylashtirishni kechiktirgan holda va hokazo tarzda uni pullarni tashkilot kassasiga toʻlashga majbur qilish mumkin emas
.
Mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi uchun ish beruvchi mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum etish bilan yetkzilgan zararni xodimga qoplashi shart
.
2022 yil 3 martdan 02 iyunga qadar 3 oyga ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til rasmiylashtirilgan. 03 iyundan 20 iyunga qadar vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan. 2022 yil 21 iyunda ishga chiqdi va 2022 yil 2 iyuldan oʻz xohishiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berdi.
Hisob-kitob:
Quyidagi davrlar uchun ortiqcha toʻlangan “ta’til puli”ni ushlab qolamiz
:
1) 16.03.2022 yildan 02.06.2022 yilga qadar ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati 2 haftadan koʻp boʻlgan ta’tilda boʻlgan davr uchun
- 6 ish kuni uchun (har bir toʻliq oy uchun 2 ish kuni hisobidan, 2 oy va 18 kun kun 3 oygacha yaxlitlanadi):
- 24 kun ta’til : 12 oy x 3 oy ta’til = 6 kun;
2) ishdan boʻshatilgandan keyin, 05.07.2022 yildan 31.12.2022 yilga qadar toʻlangan mehnat ta’tili berilgan ish yilining qoldigʻi - 12 ish kuni uchun (har bir toʻliq oy uchun 2 ish kuni hisobidan, 5 oy va 27 kun 6 oygacha yaxlitlanadi):
- 24 kun ta’til : 12 oy x ishdan boʻshatilgandan keyin 6 oy = 12 kun.
Hammasi boʻlib: ta’tilning foydalanilgan, biroq ishlanmagan 18 ish kunini (6 + 12) ushlab qolamiz.
Osonroq hisob-kitob variantini “Norma” eksperti Valeriya LYaNDRESning quyidagi materialida qarang:
Buxgalteriya hisobi:
Ta’til pulini qayta hisob-kitob qilgandan keyin ortiqcha toʻlangan ta’til pulini hisoblashni “manfiy bilan” aks ettiring:
- Xarajatlarni hisobga oluvchi schyot debeti;
- 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” krediti;
Agar 6710 schyoti boʻyicha salbiy saldo hosil boʻlsa, ortiqcha toʻlangan ta’til pulini ishdan boʻshatilayotgan xodimning qarziga oʻtkazing:
- 4790” Xodimlarning boshqa qarzlari” debeti;
- 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” krediti.
Xodim tomonidan qarzning soʻndirilishini bunday tarzda aks ettiring:
- 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” debeti (5530 “Boshqa maxsus schyotlar”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”;
- 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” krediti.
Qachon ishlanmagan “ta’til puli”ni undirib boʻlmaydi
Agar mehnat shartnomasi quyidagi asoslardan biri boʻyicha bekor qilinsa, ish beruvchi ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun “ta’til puli”ni undirib olishi mumkin emas
:
- xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi
; - texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi
; - malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiq boʻlib qolishi
; - harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilishi
; - shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanishi
; - oʻqishga kirishi yoki pensiyaga chiqishi.
![]()