9 oyni xatolarsiz yopamiz:
DSQ ishonchnomalar, tovar-transport yukxati va bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) dalolatnomasini shakllantirishda qachon MXIKni koʻrsatish zarurligini tushuntirdi. Shuningdek - oʻz tashabbusi bilan elektron ishonchnoma va TTYuda MXIKni koʻrsatgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektning kontragentiga bu qanday afzalliklar berishini ham tushuntirdi.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:
Faqat noruda foydali qazilmalarni realizatsiya qiluvchi korxonalar tovar-transport hujjatlarida MXIKni aks ettirishlari shart. Qolgan barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun bu ish ixtiyoriy. Elektron ishonchnomalar va TTYu bilan boʻlgan holatda esa - kontragentlar uchun ham foydali. Axir korxona ushbu hujjatlarda MXIKni koʻrsatgan taqdirda, uning kontragentlari EHFni avtomatik tarzda shakllantirishlari mumkin. Bu hujjatlardagi xatolarni minimallashtirish imkonini beradi.
Agar elektron ishonchnomada kontragent MXIKni koʻrsatgan boʻlsa, EHF qanday avtomatik tarzda shakllantiriladi
Elektron hujjat aylanishi operatorining saytida:
- “Olinganlar” boʻlimiga kiring;
- “Ishonchnomalar” havolasini oching;
- “Sizning imzolashingiz kutilmoqda” havolasida kerakli hujjatni tanlang;
- “Qabul qilish va EHFni yaratish”ga bosing.
Agar elektron TTYuda MXIK koʻrsatilgan boʻlsa, EHF qanday avtomatik tarzda shakllantiriladi
Elektron hujjat aylanishi operatorining saytida EHFni shakllantirishda EHF shaklida sizning kontragentingiz MXIKni koʻrsatgan TTYu ID-kodini koʻrsating. EHF avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi