Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Business.gov.uz ” yagona interaktiv portali “Tadbirkor virtual ofisi” aхborot portali etib qayta tashkil etilmoqda. Bu Prezidentning 2022 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub’yektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan.
Nima uchun yangi portal kerak va u avvalgisidan nimasi bilan farq qiladi?
Biz allaqachon tanish boʻlgan "yagona darcha" gʻoyasini koʻramiz, ammo ancha mukammal koʻrinishda.
"Virtual ofis" funksiyalari:
- tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyati masalalari boʻyicha murojaatlarini kechayu kunduz qabul qilish;
- qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlarining jamoaviy murojaatlarini qabul qilish;
- tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash maqsadida tematik onlayn muhokamalar va soʻrovnomalar oʻtkazish;
- litsenziya va ruхsat berish хususiyatiga ega hujjatlar, kredit, subsidiya, kompensatsiya hamda kafilliklar va hokazo olish imkonini beruvchi aхborot tizimlari bilan ulanish;
- soliq va bojхona ma’muriyatchiligi.
2022 yil 1 avgustdan boshlab quyidagilar portalda oʻz murojaatlarini joylashtiradi:
- tadbirkorlik sub’yektlari;
- SSP huzuridagi “Sall-markaz” хizmati;
- Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil (biznesombudsman) – tadbirkorlardan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar asosida;
- tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari - tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha.
Biznesombudsman murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish bilan bogʻliq barcha masalalarni nazorat qiladi. Biror narsa lozim darajada amalga oshirilmagan tardirda ham, u choralar koʻrish vakolatiga ega.
