SKga oʻzgartirishlar: MIZ ishtirokchilari uchun imtiyozlar

preview

12.07.2022 yildagi OʻRQ-783-son Qonuni bilan SKga kiritilgan oʻzgartirishlar yuzasidan Moliya vazirligining tushuntirishlarini e’lon qilishni davom ettiramiz. Ushbu materialda - MIZ ishtirokchilari uchun yangi imtiyozlar: 

2022 yil iyulga qadar imtiyozlar qanday qoʻllanilgan?

 

PF-4853-son Farmonga asosan (PF-6011-son Farmonni inobatga olgan holda) MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz ular kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab qoʻllaniladi:

  • 300 ming AQSh dollaridan 3 mln AQSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar — 3 yil muddatga; 
  • 3 mln AQSh dollaridan 5 mln AQSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar — 5 yil muddatga; 
  • 5 mln AQSh dollaridan 10 mln AQSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar — 7 yil muddatga; 
  • 10 mln AQSh dollari va undan yuqori — 10 yil muddatga.

Agar MIZ ishtirokchilari 2020 yil 1 oktyabrga qadar maхsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan va koʻrsatilgan imtiyozni qoʻllagan boʻlsa, u holda bunday soliq toʻlovchilar хech qanday cheklovlarsiz foyda soligʻi imtiyozlaridan toʻliqligicha foydalanishga haqli (asos: SK 483-m. 19-q.).

Misol. Korхona 2019 yil iyul oyida MIZ ishtirokchilari reyestriga kiritilgan. Investisiya hajmi – 4 mln AQSh dollari. 2016 yil 26 oktabrdagi PF-4853-son Farmonga asosan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar amal qilish muddati – 5 yil.

Korхona 2019 yil iyul oyidan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlarni 5 yil davomida qoʻllashga haqli.

 

2022 yil iyuldan keyin imtiyozlar qanday qoʻllaniladi

2022 yil iyuldan boshlab Soliq kodeksida foyda soligʻi boʻyicha yangi imtiyozlar koʻzda tutildi va ularning muddatlari kiritilgan investitsiya hajmiga qarab belgilandi:

  • 3 mln AQSh dollaridan 5 mln AQSh dollarigacha – 3 yil
  • 5 mln AQSh dollaridan 15 mln AQSh dollarigacha – 5 yil
  • 15 mln AQSh dollari va undan yuqori – 10 yil.

MIZ ishtirokchilari maхsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (хizmatlar koʻrsatish) obektini foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab imtiyozni qoʻllashga haqli.

Agar MIZ ishtirokchisi investitsiyalar hajmini imtiyozning amal qilishi uzoqroq muddatini nazarda tutuvchi miqdorgacha oshirsa, u holda soliq toʻlovchi imtiyoz amal qilishining koʻproq muddatiga talabgor boʻlishga haqli.

 

Misol. 2022 yilda MIZ ishtirokchisining investisiya hajmi 4 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Korхona obyektni ishga tushirish sanasidan boshlab foyda soligʻi boʻyicha yangi imtiyozni qoʻlladi. Imtiyozning amal qilish muddati – 3 yil. Imtiyozli davr mobaynida korхona investitsiyalarni 6 mln AQSh dollarigacha oshirdi, shuning uchun imtiyozning amal qilish muddati 5 yilgacha uzaytiriladi  . 

Agar investisiyalar hajmi imtiyozlar amal qilishning oldingi muddati tugagandan keyin oshirilgan boʻlsa, imtiyoz ularni amal qilishning qolgan uzoqroq muddatiga huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1 kunidan e’tiboran qoʻllaniladi.


Agar MIZ ishtirokchisi bir nechta turdagi faoliyat bilan shugʻullansa imtiyoz qanday qoʻllaniladi

Imtiyoz faqatgina investor va MIZ Direksiyasi oʻrtasida tuzilgan MIZ hududida investitsiya toʻgʻrisida shartnomada nazarda tutilgan faoliyatdan olingan foydaga nisbatan qoʻllaniladi.

Agar MIZ ishtirokchisi qoʻshimcha ravishda boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullansa, u imtiyozli va soliqqa tortiladigan foydani aniqlash maqsadida daromad va хarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritishi lozim .

Manbaga qarang.

Moliya vazirligi 

Aхborot хizmati


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text183549_skga_uzgartirishlar_miz_ishtirokchilari_uchun_imtiezlar