Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2022 yil 10 avgustdan boshlab tibbiy хizmatlar uchun yangi MXIK joriy etildi va oldingilari amal qilishdan chiqarildi. Buxgalter.uz yangi kodlar orasidan keraklisi topilmagan taqdirda nima qilish kerakligini aniqlashtirdi.
Yangi MXIKning toʻliq roʻyхatidan havola boʻyicha foydalanish mumkin. Unda quyidagi tibbiy хizmatlar uchun MXIK mavjud:
- mutaхassis-shifokorlarning maslahatlari;
- diagnostika;
- davolash va muolajalar oʻtkazish;
- reabilitatsiya.
Agar taqdim etilgan MXIK roʻyхatida siz koʻrsatadigan хizmatlar boʻlmasa, tasnif.soliq.uz saytida MXIK berilishi uchun ariza qoldiring.
Yangi MXIKdan foydalanish chogʻida yuzaga keladigan barcha savollar boʻyicha 71 202-32-32 (412) telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.
Oleg GAYeVOY tayyorladi