Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
19.09.2022 yildagi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi OʻRQ-791-son Qonunda yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining eng koʻp miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy mikdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda. Bu haqda norma.uz yozmoqda:
Tuzatishlar pensiya ta’minoti toʻgʻrisidagi Qonunning 27-moddasi “Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi” va 31-moddasi “Oʻrtacha oylik ish haqini aniqlashning umumiy tartibi”ga kiritildi:
- otasidan ham, onasidan ham judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari (ilgari - 10 baravari) miqdori doirasida amalga oshiriladi;
- pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravaridan (ilgari - 10 baravaridan) ortiq boʻlmagan miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqi olinadi.
Yangi NHH rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran - 20.09.2022 yildan boshlab kuchga kiradi. Tuzatishlar esa 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.
Norma.uz materiallari asosida