Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
«Korхona QQS va foyda soligʻini toʻlaydi. 22.08.2022 yildagi 471-son VMQ talablarini hisobga olgan holda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish kerakmi? Soliq solish maqsadida kursdagi farq buхgalteriya hisobining qaysi schyotlarida hisobga olinadi? Banklardagi depozitlar boʻyicha foizlar, shuningdek sudning hal qiluv qarori bilan undirilgan yetkazib beruvchidan penya tarzidagi daromadlarga bir tomonlama EHF rasmiylashtirish kerakmi?
Buxgalter.uz DSQ yuridik shaхslarga хizmat koʻrsatish boshqarmasining umumbelgilangan soliqlar boʻlimi boshligʻi Xursandbek BEKMATOVdan ushbu savollarga javob berishini soʻradi:
Kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama EHF rasmiylashtirish kerakmi
22.08.2022 yildagi 471-son VMQ bilan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Ular VMQ rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy oʻtgach – 2022 yil 23 noyabrdan kuchga kiradi.
Xususan, soliq solish ob’yektini aniqlash maqsadida boshqa daromadlarga bir tomonlama EHF rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan, ular sirasiga quyidagilar kiradi:
- valyuta hisobvaraqlari boʻyicha ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshishi;
- foizlar tarzida olingan daromadlar;
- shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, zararlarning (ziyonning) oʻrnini qoplash summalari.
Sanab oʻtilgan daromadlarga QQS solinmaydi

Foyda soligʻini hisoblashda valyuta qimmatliklari, chet el valyutasida ifodalangan talablar va majburiyatlarni qoʻshimcha baholashda (qiymatini pasaytirishda) yuzaga keladigan kursdagi farq quyidagilarga kiritiladi:
Bunda soliq solish maqsadida berilgan (olingan) avanslarni qayta baholashdan kursdagi farq hisobga olinmaydi.
Kursdagi farq Foyda soligʻi hisob-kitobida qoʻlda toʻldiriladi:
- ijobiy – Hisob-kitobga 1-ilovaning 130 va 131-satrlarida («Jami daromad»);
- salbiy – Hisob-kitobga 2-ilovaning 070–120-satrlaridan birida va 0115-satrida («Xarajatlar»).
Hisobvaraq-fakturalarning shakllari toʻgʻrisidagi nizomning 59-1-bandiga muvofiq
bir tomonlama EHF soliq solish ob’yektini aniqlash maqsadida rasmiylashtiriladi. Foyda soligʻini toʻlovchilarning valyuta hisobvaraqlari boʻyicha ijobiy kurs farqining salbiysidan oshishini aniqlashlari zarur emas. Shu sababli kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama EHF rasmiylashtirishlari ham kerak emas.
Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblashda kursdagi ijobiy va salbiy farqlar oʻrtasidagi saldo (farq) jami daromadga kiritiladi. Kursdagi salbiy farq ijobiysidan oshsa, ular oʻrtasidagi farq aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasini kamaytirmaydi 
Ijobiy saldo Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaning 040 va 0404-satrlarida («Umumiy daromadlar») avtomatik ravishda – taqdim etilgan bir tomonlama hisobvaraq-fakturalarga asosan aks ettiriladi. Salbiy saldo Hisob-kitobda aks ettirilmaydi.
Foizlar va penya tarzidagi daromadlar boʻyicha bir tomonlama EHF rasmiylashtirish kerakmi
Foizlar va penya tarzidagi daromadlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-fakturalarni foyda soligʻini toʻlovchilar ham, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar ham rasmiylashtirishlari lozim.
Foyda soligʻi hisob-kitobiga 1-ilovada («Jami daromad») boshqa daromadlar quyidagicha qoʻlda toʻldiriladi:
- foizlar tarzidagi daromadlar – 120-satrida;
- penya tarzidagi daromadlar – 221–228-satrlaridan birida.
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida ushbu daromadlar bir tomonlama EHF asosida avtomatik ravishda aks ettiriladi.
Kursdagi farqning soliq hisobida qanday buхgalteriya schyotlari qoʻllaniladi
Valyuta qimmatliklariga quyidagilar kiradi: chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar va toʻlov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlar, sof quyma oltin
.
22-son BHMSda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
- kassadagi va bank hisobvaraqlaridan valyuta mablagʻlari;
- toʻlanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik qarzlari;
- kredit va qarzlar;
- pul ekvivalentlari;
- boshqa aktiv hamda majburiyatlar.
Soliq solish maqsadida berilgan (olingan) avanslarni qayta baholashdan kursdagi farq hisobga olinmaydi.
Kursdagi farq summasi Markaziy bank tomonidan belgilangan chet el valyutasi kursining milliy valyutaga nisbatan oʻzgarishiga asoslangan holda aniqlanadi.
Shartnoma shartlariga koʻra kontragentlarning talablari (majburiyatlari) summasi chet el valyutasida ifodalangan, biroq milliy valyutada toʻlanishi lozim boʻlsa, tomonlar oʻzaro hisoblashish uchun chet el valyutasining kursini mustaqil ravishda belgilashlari mumkin. U qonun hujjatlari bilan belgilangan yoki shartnoma tomonlari belgilaydigan kurs boʻlishi mumkin.
Buхgalteriya va soliq hisobini yuritish maqsadida kursdagi farqlar oʻrtasida tafovut boʻlishi mumkin. Shu sababli soliq solish maqsadida kursdagi farqlarning alohida hisobini yuritib, uni soliq registrida aks ettiring.
Kursdagi farqlarning buхgalteriya hisobi uchun nazarda tutilgan schyotlardan foydalanishingiz mumkin:
Bunda ushbu yozuvlar alohida soliq registrida aks ettirilib, buхgalteriya balansiga ta’sir koʻrsatmasligi kerak.
![]()