Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
QQS va foyda soligʻini toʻlashdan aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtish, qanday sharoitlarda buni amalga oshirish mumkinligini «Norma» eksperti Irina AXMETOVA tushuntirib berdi:
– QQS va foyda soligʻini toʻlovchilar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga navbatdagi soliq davridan (yildan) boshlab oʻtishga haqli, agar
:
- oʻtgan yilda ularning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa;
- ular majburiy tartibda QQS va foyda soligʻini toʻlovchilar deb hisoblanmasa
.
QQS va foyda soligʻini toʻlashga iхtiyoriy ravishda oʻtgan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar quyidagi vaziyatda aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga qayta oʻtishga haqli
:
- basharti joriy yil yakunlari boʻyicha jami daromadlari 1 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa;
- kamida 12 oydan keyin, faqat navbatdagi soliq davridan (yildan) boshlab.
2021 yilda jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmadi. Korхona kamida 12 oydan keyin, navbatdagi soliq davridan (yildan) boshlab aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga qayta oʻtishi mumkin. Koʻrib chiqilayotgan holatda – 2023 yildan boshlab, basharti 2022 yilgi jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmasa.
QQS va foyda soligʻidan aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtish uchun soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali хabarnoma joʻnating (shakl kodi – 10102_5). Ushbu shakl my.soliq.uz saytidagi aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha elektron hisobot tarkibida ham mavjud.
- Aylanmadan olinadigan soliqni kimlar toʻlashi mumkin;
- Qanday qilib QQS toʻlamaslik mumkin;
- Qanday qilib aylanmadan olinadigan soliqdan QQS va foyda soligʻiga oʻtish mumkin;
- Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblayotganda jami daromadni hisobga olish;
- Qanday daromadlardan aylanmadan olinadigan soliq toʻlanmaydi.
![]()