9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Oʻzbekistonda xorijiy kompaniya vakolatxonasi tashkil etildi. Bosh ofis yangi vakolatxona hisob-kitob raqamini toʻldirmoqchi (vakillik xarajatlari uchun). Bu qanday rasmiylashtiriladi? Qanday hujjatlar kerak boʻladi?».
Ushbu savollarga buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekistondagi vakolatxonalari faoliyati maxsus Nizom bilan tartibga solinadi. Unga koʻra vakolatxona bosh kompaniya nomidan bankda ochilgan hisobraqamga kelib tushadigan mablagʻlar hisobiga faoliyat yuritadi.
Vakolatxona milliy va xorijiy valyutada hisobraqamlar ochishi mumkin
hamda hisob-kitoblarni xorijiy firma tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradi
.
Quyidagilar vakolatxonaning soʻmdagi mablagʻlari manbalari hisoblanadi
:
- erkin almashtirilgan valyuta;
- xorijiy firmaning oʻz qaroriga koʻra vakolatxona ixtiyorida qoladigan milliy valyutadagi mablagʻlar.
Bunda vakolatxona ushbu mablagʻlarni faqat oʻz ehtiyojlari uchun, xususan, vakillik xarajatlari uchun sarflashga haqli.
Qoidalarning 17-bandiga muvofiq, Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan, xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan xorijiy tashkilotlar vakolatxonalarining chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga quyidagilar kiritilishi mumkin:
- vakolatxona tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvaragʻidan oʻtkazilgan mablagʻlar;
- vakolatxona tashkil etgan norezidentning Oʻzbekistondagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari, daromadlari va qonuniy yoʻl bilan topilgan boshqa mablagʻlari;
- ichki valyuta bozorida sotib olingan mablagʻlar;
- yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida xorijdan olib kelingan naqd chet el valyutasi, bundan deklaratsiya toʻldirish talab etilmaydigan holatlar mustasno;
- xorijdan hisobvaraq egasi nomiga pochta joʻnatmalari orqali yuborilgan naqd chet el valyutasi.
Vakolatxonaning chet el valyutasidagi hisobvaragʻidagi mablagʻlardan hisobvaraq egasining topshirigʻiga koʻra quyidagilar uchun foydalanilishi mumkin:
- vakolatxona tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun;
- chet elga nosavdo tusdagi pul oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun;
- chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha bankning vositachilik haqini, xodimlarning Oʻzbekistondan tashqariga xizmat safariga joʻnatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni (shu jumladan, naqd shaklda) toʻlash uchun;
- Oʻzbekiston hududidagi tijorat banklari orqali sotish uchun.
Shu tariqa, vakolatxona yuqorida sanab oʻtilgan NHH doirasida xorijdagi bosh tashkilot unga ajratgan mablagʻlarni tasarruf etishi mumkin.
Vakolatxonaga ushbu mablagʻlarni tasarruf etish imkonini beruvchi hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston qonunchiligida belgilanmagan, u xorijiy kompaniyaning ichki hujjatlari aylanmasi bilan tartibga solinadi.
Quyidagilar ana shunday hujjatlar boʻlishi mumkin:
1) vakillik maqsadlari uchun xarajat qilish toʻgʻrisida buyruq (vakillik tadbirini oʻtkazish uchun buyruq);
2) vakillik tadbiri dasturi; vakillik xarajatlari smetasi;
3) vakillik tadbiri oʻtkazilgani toʻgʻrisida hisobot;
4) vakillik xarajatlari hisobdan chiqarilgani toʻgʻrisida dalolatnoma; boshlangʻich hujjatlar, shu jumladan – vakillik maqsadlari uchun tovarlar xarid qilingani dalilini tasdiqlovchi;
5) chet tashkilotlarning xizmatlariga haq toʻlanganini tasdiqlovchi boshlangʻich hujjatlar;
6) xizmatlarni koʻrsatish uchun chet tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar.
![]()