Kichik biznesga MHMS nima uchun kerak

preview

Ma’lumki, kichik va oʻrta korxonalar buxgalterlari 2024 yildan boshlab yangi Moliyaviy hisobotning milliy standarti (MHMS) boʻyicha hisobni yuritishadi va moliyaviy hisobotni tayyorlashadi. BHMS esa, tegishincha, tarixda qoladi.

MHMSga asos qilib “Kichik va oʻrta biznes uchun MHXS” olingan boʻlib, u BHMSdan bir qator qoidalar bilan toʻldirilgan. Bunda yangi standartga buxgalterlar Oʻzbekistonda duch kelmaydigan qoidalar – giperinflyatsiya, aksiya asosida toʻlash va boshqalar kiritilgan. Nima uchun bunday qoidalar va umuman MHMS kerakligini OTB maslahatchisi Ian RITChIYe tushuntirdi:

 

– MHMS – Oʻzbekistonda moliyaviy hisobot rejimining mantiqiy  rivojlanishi. Kichik va oʻrta biznes uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga asoslangan holda, u Oʻzbekistonning moliyaviy hisobotini xalqaro andozalarga muvofiq keltiradi va Oʻzbekiston biznesiga yangi investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi.

Shuningdek MHMS – bu Oʻzbekistonda kelishilgan MHXSning ikki pogʻonali tizimini ishlab chiqish uchun buxgalteriya hisobining milliy standartlarini yangilash uchun ajoyib imkoniyat.

 

– Hisobvaraqlar rejasi MHMSni qoʻllashga qanchalik yordam beradi? Hisobvaraqlar rejasi majburiy boʻlishi kerakmi?

– Buxgalteriya hisobining barcha tizimlari jami operatsiyalarni tasniflash uchun hisobvaraqlar rejasiga muhtojdir. Biroq u nafaqat MHMS talablarini, balki soliq va boshqaruv hisobotiga qoʻyiladigan talablarni ham qoʻllab-quvvatlashi kerak.

Hisobvaraqlar rejasi shabloni korxonalar uchun ularning hisobga olish tizimi MHMS talablarini qoʻllab-quvvatlayotganligi, operatsiyalarning tasnifi esa MHXS talablariga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilishlari uchun foydali boʻlishi mumkin. Biroq MHMSga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobot ta’riflash qismining ochib berilishini va dastlabki moliyaviy hisobot raqamlariga qoʻshimcha izohlarda tushuntirish xatini talab qiladi. Hisobvaraqlar rejasi bunda uncha yordam bermaydi.

Majburiy hisobvaraqlar rejasi oʻrniga tashkilotlar tomonidan hisobotga oʻzlarining yakka tartibdagi talablarini qanoatlantirish uchun oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan shablonlarni chiqarish yaxshiroq boʻladi.

 

– Nima uchun milliy standartga Oʻzbekiston voqeligiga toʻgʻri kelmaydigan boblar qoʻshiladi?

– MHMSda kichik va oʻrta biznes uchun MHXSga kiritilgan barcha boʻlimlar mavjud. Shu tariqa, u moliyaviy hisobotga qoʻyiladigan xalqaro e’tirof etilgan keng qamrovli toʻplamni belgilaydi.

Garchi uning ayrim qoidalari hozirgi vaqtda Oʻzbekiston korxonalari tomonidan talabgir boʻlmasa-da, iqtisodiyotda vaziyat oʻzgarishiga qarab, ular ancha oʻrinli boʻlib borishi mumkin. MHMSning toʻliqligi Oʻzbekiston tashkilotlari yangi operatsiyalar va hodisalar kelajakda qanday hisobga olinishi kerakligini tushunishlarini kafolatlaydi.

Milliy standartning joriy etilishiga kelsak – har bir alohida tashkilot uchun qanaqa boʻlimlar qoʻllanilishini tushunish uchun barcha tashkilotlar MHMS bilan tanishib chiqishlari kerak. Masalan, MHMSnng 33-boʻlimi faqat chet el valyutasida ifodalangan operatsiyalar (eksport yoki import) mavjud tashkilotlarga nisbatan qoʻllaniladi.

 

– Oʻzbekiston buxgalterlari MHMSning tiliga hali koʻnikishmagan. Ushbu standartni yaxshi tushunish uchun oʻquv materiallarini qayerdan topish mumkin?

–  Moliya vazirligi OTBning koʻmagida hozir har bir standart uchun oʻquv materiallarini ishlab chiqmoqda. Ular tushuntirish xati, misollar, mavzuga doir savollar, shuningdek oʻquvchining oʻzini oʻzi baholash uchun savollarni oʻz ichiga oladi. Reja boʻyicha ushbu materiallar Moliya vazirligining veb-saytida 2023 yilning boshida paydo boʻlishi kerak.

 

– Koʻpchilik buxgalterlik kasbi oʻtib bormoqda deb hisoblashadi. Axborot texnologiyalari va sun’iy intellektning rivojlanishi munosabati bilan  buxgalterlar kerak boʻlmay qolishi ehtimoli qanaqa?

– Kelajakda buxgalterlar oʻzlarining an’anaviy ish usullarini yaxshilash uchun ancha murakkab va intellektual texnologiyalardan foydalanishlarini kutishimiz mumkin. Tartibga solish va u bilan bogʻliq ma’lumotni ochib berish qoidalari koʻp yillar kasbga katta ta’sir koʻrsatadi.

Davom etayotgan globallashtirish buxgalterlik kasbi vakillariga koʻp imkoniyatlar va muammolar tugʻdiradi. Jahonda, toʻliq noaniqlik va oʻzgarishlarda korxonalarga professional savodli buxgalter talab qilinadi, faqat texnik jihatdan muvofiq boʻlish masalalariga moʻljal olganlar emas.

Barcha professional buxgalterlar raqamdan uzoqroqni koʻrishlari kerak boʻlishi buning muhim talabi hisoblanadi. Bu, oʻz navbatida, turli kasb vakillari, jumladan buxgalterlar, yuristlar, ekolog olimlar, sotsiologlar va hokazolar oʻrtasidagi hamkorlikka koʻmaklashadi. Koʻp mehnat talab qiladigan qoʻlda bajariladigan vazifalarni avtomatlashtirish buxgalterlar ancha strategik boʻlgan ishlarga moʻljal olishlari uchun ularni boʻshatishni anglatadi. Boshqa tomondan buxgalterlar tashkilotga katta foyda keltirishlari uchun ularga anchayin bosim oʻtkaziladi.

E’tibor bering

MHMSdan quyidagi havola boʻyicha foydalanish mumkin:

U boʻyicha fikr va mulohazalarni Moliya vazirligiga 2022 yilning 1 dekabriga qadar – ifrs@mf.uz elektron pochtasiga joʻnatish mumkin.

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text185851_kichik_biznesga_mhms_nima_uchun_kerak