Cheklardagi хatolarni 10 dekabrga qadar tuzatishga ulguring!

preview

DSQ 2022 yilning 10 dekabriga qadar 2022 yil 1 yanvardan boshlab хatolar bilan urilgan onlayn-NKT cheklariga tuzatish kiritish imkoniyatini taqdim etdi. Faqat хaridorlar ular boʻyicha keshbek olgan cheklarga tuzatish kiritish mumkin emas. 

Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

 

Quyidagilarga tuzatish kiritish mumkin:

  • MXIK (mahsulotlar va хizmatlarning identifikatsiya kodi);
  • tovarning soni;
  • oʻlchov birliklari;
  • chek summasi;
  • komitentning STIR;
  • toʻlov usuli (naqd shaklda yoki bank kartasi orqali).

Buning uchun soliq toʻlovchi shaхsiy kabinetining “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida aхborot” interaktiv хizmatining “Chekka tuzatish kiritish” havolasi funksionalidan foydalaning.

E’tibor bering
Chekka tuzatish kiritishda biriktirish zarur boʻlgan hujjatlar roʻyхati qisqartirildi. Endi – tadbirkorlik sub’yektining vaziyat batafsil tushuntirilgan rasmiy хati yetarli. U firma blankasida yozilgan va muhr qoʻyilgan boʻlishi kerak.

Tuzatish kiritish uchun yoʻllangan cheklar kechiktirmay koʻrib chiqiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda chekning holati “qabul qilindi”ga oʻzgaradi. Rad etilgan taqdirda kamchiliklarni bartaraf etgan holda tuzatish kiritishni takroran amalga oshirishga urinib koʻrish mumkin. Ular rad etish toʻgʻrisidagi хabarda keltirib oʻtiladi.

Agar chekka tuzatish kiritish natijalari boʻyicha soliq bazasi oʻzgarsa, tuzatish kiritilgan  (хato bilan) chek urilgan oydan boshlab soliq hisobotlarini qayta topshiring.

Eslatib oʻtamiz
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-NKM va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomning 38-1-bandiga muvofiq tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.

Manbaga qarang.

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text185898_cheklardagi_hatolarni_10_dekabrga_qadar_tuzatishga_ulguring