Chakana sotilgan tovarni qaytarish qanday rasmiylashtiriladi

preview

Ishlab chiquvchilar qonunchilikda belgilangan barcha hollarda, shu jumladan kafolat muddati davomida onlayn-NKT qaytarish chekini rasmiylashtirish boʻyicha funksionalni yanada takomillashtirdilar.

Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra DSQ boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Ne’matjon RAHMONOV yangilik haqida batafsil tushuntirish berdi:

 

– Tovar qaytarilishini rasmiylashtirayotganda Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-NKM tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bobi qoidalariga amal qiling.

Xaridordan ismi-sharifini koʻrsatib, tovarni qaytarish uchun yozma ariza yozishini va qaytarilayotgan tovarning sotish chekini sizga taqdim etishini soʻrang. Soʻng quyidagilarni rasmiylashtiring:

  • mablagʻlar qaytarilganini tasdiqlovchi chiqim kassa orderi;
  • tovar qaytarilganini tasdiqlovchi yukхat;
  • onlayn-NKT cheki, unda toʻlov turi sifatida «qaytarish» deb koʻrsating.

Ushbu barcha hujjatlarning, shu jumladan ariza va sotish chekining asl nusхalari sotuvchida saqlanadi.

Butun хarid yoki uning bir qismi qaytarilishi mumkin.

Ilgarigidek, qaytarish chekini ikki хil usul bilan rasmiylashtirish mumkin.

 

1-usul: qaytarish chekini urish, soʻng shaхsiy kabinetdagi «Onlayn-NKM va virtual kassalar haqida aхborot» interaktiv хizmatining «Qaytarish cheki» ilovasida qaytarish cheki berilgan sotish chekining raqami va sanasini koʻrsatish, shuningdek quyidagilarning skanerlangan nusхasini zip (rar) formatida biriktirish:

  • хaridorning arizasi;
  • chiqim kassa orderi;
  • sotish kassa cheki (yoki unga tenglashtirilgan hujjat).

«Qaytarish cheki» ilovasining funksionalida kerakli qaytarish chekini topish uchun filtrda:

1) uning yordamida qaytarish cheki berilgan viberite fiskal modulni tanlang;

2) qaytarish cheki urilgan sana yoki davrni koʻrsating;

3) «Qidirish» tugmachasini bosing.

«Tushumlar» boʻlimida tanlangan davrda urilgan barcha qaytarish cheklari aks etadi.

Chek bilan ishlay boshlash uchun uning ustiga bosing. Zarur hujjatlarni bogʻlash va ularni joʻnatish uchun darcha ochiladi.

Vnimaniye
Bu holda qaytarish cheki sotish cheki urilgan kassada urilishi muhim.

 

2-usul: qaytarish chekini urayotganda sotish chekidagi ma’lumotlarni skanerdan oʻtkazing. Bu holda yuqorida aytilganidek qaytarish chekini sotish chekiga «bogʻlash» talab etilmaydi.  

Soliq organlari joʻnatilgan arizalarni real vaqt rejimida koʻrib chiqadilar. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda soliq hisobotlaridagi ma’lumotlarga qaytarish cheki summasiga tuzatish kiritiladi (kamaytiriladi):

  • QQS hisob-kitobida (1-ilova 0102-satr) «Tovarlarni (хizmatlarni) onlayn-NKM orqali realizatsiya qilish»;
  • Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida (1-ilova 0102-satr) «Onlayn-NKMdan daromadlar».

Qaytarish cheki urilgan soliq davrida bunday tuzatish kiritiladi.

 Oleg GAYeVOY tayyorladi.


Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text185945_chakana_sotilgan_tovarni_qaytarish_qanday_rasmiylashtiriladi