Nima uchun IT Park rezidenti maqomidan mahrum boʻlish mumkin

preview

Noyabr oyining oxirida IT Park Direksiyasi 35 ta kompaniya oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun rezident maqomidan mahrum qilinganini e’lon qildi. Ushbu kompaniyalar maqom bilan birga tegishli soliq imtiyozlaridan ham mahrum boʻldilar.

Buxgalter.uz qanday qonunbuzarliklar IT Park rezidenti maqomidan mahrum boʻlishga olib kelishi mumkinligini aniqladi.

 

IT Park rezidentlari 15.07.2019 yildagi 589-son VMQ talablariga muvofiq faoliyat yuritishlari va IT Park rezidenti faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarishlari shart.

Asosiy majburiyatlar qatorida quyidagilar belgilangan:

  • Oʻzbekiston hududida yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish;
  • faoliyat turlarini Roʻyxatga muvofiq amalga oshirish;
  • amalga oshirilayotgan faoliyat turi boʻyicha iqtisodiy asoslangan biznes-rejaning mavjudligi;
  • IT Park ga har chorakda oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etish;
  • har yili moliya-xoʻjalik faoliyati auditini oʻtkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Park ga yuborish.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandiga muvofiq, quyidagilar Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilishning asosi hisoblanadi:

1) Texnopark rezidenti amaldagi faoliyatining Roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiq emasligi;

2) Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik;

3) Texnopark rezidentining nochor (bankrot) deb e’tirof etilishi;

4) Texnopark rezidenti rezident maqomidan oʻz xohishi bilan voz kechishi;

5) oʻz faoliyati, soliq va statistika hisobotlari, biznes-reja, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi. Yoki – ularda ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etilganligi;

6) Texnoparkka har oyda ajratmalarning toʻlanmaganligi (hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Direksiyaning talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga jami daromadning 1%i miqdorida);

7) yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi, uni oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etish hollari bundan mustasno;

8) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq boshqa asoslar.

Nizom talablarini buzgan rezidentlar IT Park rezidenti maqomidan mahrum boʻladilar. Bu holda soliq imtiyozlari bekor qilinadi va soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadi. Maqomdan mahrum boʻlgandan soʻng qaysi sanadan boshlab imtiyozlar bekor qilinishi haqida bu yerda batafsil soʻz yuritgan edik:   

 

Texnopark rezidentlari uchun 2028 yil 1 yanvargacha qanday imtiyozlar nazarda tutilganini eslatib oʻtamiz .

Texnopark rezidentlari QQS va foyda soligʻini toʻlagan holda SK 297-m. 3-q. nazarda tutilgan daromadlarni olish huquqiga ega. Bunda quyidagi daromadlar soliq solishdan ozod etiladi:

  • tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan;
  • royalti tarzidagi;
  • birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan ;
  • kursdagi ijobiy farq koʻrinishidagi .

Bunda oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni import qilishda bojxona toʻlovlaridan ham ozod etiladi. JShDS esa 7,5%gacha pasaytirilgan.

Manbaga qarang.

 

Quyidagi tavsiya siz uchun foydali boʻlishi mumkin:

Saida JANIZAKOVA tayyorladi.


Imtiyozlar: soliq hisobi — maslahatlar Imtiyozlar Imtiyozlar (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text186364_nima_uchun_it_park_rezidenti_maqomidan_mahrum_bulish_mumkin