Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2022 yil 6 dekabrdagi «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi OʻRQ-808-son Qonunga muvofiq, bir qator hujjatlarni tasdiqlaganlik uchun davlat boji stavkalari pasaytirildi. Norma.uz portali bu haqda хabar berdi.
Xususan, quyidagi davlat boji stavkalari pasaytirildi:
|
Koʻchmas mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun |
|
|
Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga oʻzgartishlar kiritganlik uchun
|
|
|
Mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun |
25% BHM |
|
Garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun |
|
|
Qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun |
25% BHM |
|
Avtomototransport vositalarini boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun |
|
|
Avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun |
|
|
Qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqalarini berganlik uchun |
belgilangan stavkaning 50%i |
Ma’lumot uchun: ijro yozuvlarini qayd etganlik uchun undiriladigan summaning 1%i, biroq 10 BHMdan ortiq boʻlmagan miqdorda boj belgilangan.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 07.12.2022 yildan kuchga kirgan.
Norma.uz materiallari asosida.