Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Oʻzbek tilidagi MHXS matnlari Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgach normativ hujjatlarga aylandi. MHXSga oʻtgan barcha tashkilotlar ularga amal qilishlari shart. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun MHXS va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻgʻrisidagi Moliya vazirligining buyrugʻi, AV roʻyxat raqami 3400, 2022 yil 13 dekabrda kuchga kirgan.
MVning 2020 yil 12 oktyabrdagi «MHXS hujjatlarini davlat tiliga oʻgirish va ularning ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 92-son buyrugʻiga muvofiq, 62 ta MHXS hujjati oʻzbek tiliga oʻgirilgan.
MHXS boʻyicha hujjatlarni Oʻzbekistonda toʻliq qoʻllash imkonini tasdiqlagan ekspert komissiyasining xulosasiga asosan Adliya vazirligi 2022 yil 9 dekabrda moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish toʻgʻrisida»gi buyrugʻini roʻyxatdan oʻtkazdi.
Moliya vazirligi MHXS Fondi bilan birgalikda quyidagilarga minnatdorchilik bildiradi:
- davlat tilidagi MHXS matnini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya a’zolari – Ne’matilla Karimov, Hamid Ergashev, Davron Yoqubov, Javlon Umarov, Odiljon Rahimov, Hamza Toksanov, Dilshod Sultonovga;
- MHXS hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi a’zolari – Minovar Toʻlaxoʻjayeva, Aziz Zokirxoʻjayev, Nurbek Rizayev, Jamshid Sayfullayev, Fayzullo Soliboyev, Azizbek Toshpoʻlatovga.
Manbaga qarang.
MHXSni qoʻllashga doir – boʻlimlar boʻyicha tavsiyalarimiz sizga yordam beradi:
- MHXSga qanday oʻtiladi;
- MHXS boʻyicha shpargalkalar;
- MHXS boʻyicha hisobotlar;
- Aktivlar hisobini yuritish;
- Ayrim operatsiyalar;
- Tushum.
Xalqaro standartlar – IAS, IFRS – matnlari va ularga tushuntirishlarni bu yerda topasiz.
![]()